x

Shukrki, millatimizda ota-onalarni hurmat qilish, ularni e'zozlash qon-qonimizga singib ketgan. Lekin ba'zan noshukrlik qilib, ota-onasidan norozi bo`ladiganlarni uchratib qolamiz. Gohida onasini yig`latgan, gohida esa otasining nasihatlarini pisand qilmagan bolalarning xalq tilida aytganda "biri ikki bo`lmaydi". Biroq imkonsiz narsaning o`zi yo`q. Farzandlaringiz ana shunday axloqsiz bo`lib qolmasligi uchun unga ayrim engillik va mas'uliyatlarni berish lozim. Quyida bolangiz kelajakda sizga norozilik bildirmasligi va etuk inson bo`lishida yordam beradigan bir nechta jihatlarni sanab o`tamiz.

1. Bolangiznigadjetlardanto`savermang. Gadjetlarni me'yorida ishlatsa, u doim foydali bo`lib qoladi. Ayniqsa, hozirgi kunda IT (AyTi, ya'ni axborot texnologiyalari – tahririyat) sohasi rivojlanib borayotgani uchun yangi ixtirolar faqatgina gadjet ko`tarib katta bo`lgan bolakaylardan chiqadi.

2. Bolangizbilanvaqtingiznisifatlio`tkazing. Bu esa ikkingiz orangizdagi ishonchni mustahkamlaydi. Ularni yomon guruhlarga qo`shilib qolishdan asraydi. Masalan, kechasi birgalikda kitob o`qishga odatlaning. Farzandingiz birgalikdagi o`qilgan kitoblarni butun umr eslab yuradi. Axir o`zingiz ham onangizning "Zumrad va Qimmat", "Qizil shapkacha" kabi ertaklarni aytib berganlari, Alifbening ilk harflarini o`qishda sizga yordam berganlarini unutmagansiz, to`g`rimi? 

Yoki onangiz biror joyga ketganida dadangiz bilan "shohona" taom tayyorlab eganlaringiz yodingizdami? Shu kabi farzandlaringiz ham siz bilan o`tgan vaqtlarni ko`proq eslab qoladi. Shuning uchun bunday vaqtlarda ularga o`rnak bo`lishga harakat qiling.

3.Bolangizuchunketkazganvaqtingizengbirinchinavbatdao`zingizgakerakliginitushunib oling. Hozir u 3-4 yoshli go`dak bo`lishi mumkin. Lekin 17-18 yoshga kirganida, unga shunchalik muhtoj bo`lasizki, qo`ldan boy bergan yillaringiz uchun afsuslanib qolasiz. Bunday bo`lmasligi uchun esa uning tarbiyasiga jiddiy e'tibor bering, qiziqishlarini eshiting, uning yoshida qanday bo`lganingiz va ulgayib qilgan xulosalaringiz bilan o`rtoqlashing. Umumiy qilib aytganda farzandingizga eng yaqin do`st, sirdosh bo`ling. Ana shunda u sizdan butun umr minnatdor bo`lib, haqqingizga duolar o`qiydi...

To Top ↑
To Top ↑