x

Farzandingiz bilan do`kon aylanib yuribsiz. Shunda u sizdan narsa olib berishni so`rayaptimi? Aslo unga so`ragan narsasini olib bermang! Qo`liga etarli pulni berib, o`zi o`sha narsani borib olishini ayting. Bola pul bilan qanday muomala qilishni o`rganadi. 
Siz vaziyatni yanada murakkablashtirishingiz ham mumkin. Ya'ni farzandingizga ehtiyoj bilan xohishning farqini tushuntirishingiz kerak bo`ladi.

"Sen rangli flomasterlar xohlayotgan eding. Hozir olmoqchi bo`lgan narsang bilan flomasterlarning narxi bir xil ekan. Men senga faqat bittasiga etadigan pulni beraman. Sen qaysi birini sotib olishni ko`proq foydali deb o`ylaysan?", deb so`rang. 

Bola fikr yuritishni boshlaydi. O`zi mustaqil qaror chiqarishni o`rganadi. Tanlagan qarorining javobgarligini ham his qiladi. Pulning qiymati haqida oz bo`lsa-da tushunchaga ega bo`ladi. Shirinlikning puliga kerakli narsalar olish mumkinligi haqida o`ylay boshlaydi. Bu esa bolaga pulni o`z o`rnida sarflashni o`rgatadi.

E'zoza UMAROVA

To Top ↑
To Top ↑