x

Bolalarni boshqa bolalarga qiyoslash ayrim holatda yaxshi natija berishi mumkin. Bola o`z tengdoshlaridan ortda qolmaslik uchun yanada yaxshiroq bo`lishga intilishi mumkin. Ammo aksariyat holatlarda bolani boshqalarga solishtirish kutilgan natija bermaydi. Bugun ushbu holatning yomon taraflari haqida gaplashamiz. Buni bir qancha salbiy jihatlari bor: 

1. Bolalar o`zlarini keraklicha yaxshi ko`rilmagan his qiladi, hafa bo`ladi. Buni kattalar misolida ham ko`rishimiz mumkin. Agar turmush o`rtog`ingiz, sizga boshqa odamning turmush o`rtog`ini misol qilib ko`rsatsa, albatta jahlingiz chiqadi. Qiyoslangan odamni yomon ko`ra boshlaysiz, turmush o`rtog`ingizga esa “o`sha odam bilan oila quring” unday bo`lsa degingiz keladi. Bolalarda ham huddi shunday...

2. Bolalarni doimiy boshqalar bilan o`zini qiyoslashga odatlantirib qo`yasiz. Albatta, bu yomon, chunki bolalarning qobiliyatlari xar hil. Biz doim kimdandir qandaydir masalada ustun, qandaydir masalada noqismiz. Bolalar – o`zidan kuchlilar bilan o`zlarini qiyoslab, o`zlariga ishonchi yo`qoladi yoki aksincha holda g`ururlanib ketishi mumkin.

3. Doimiy qiyoslangan bola o`zi kim ekanligi, nimalar xohlashini unutib qo`yishi mumkin. Ya'ni eng sevimli kishilari – ota-onasi xohlagan odamga o`xshashga bo`lgan xohish, bolalarni o`zlari qanday ekanligi, nima xohlashlarini unuttirib qo`yishi mumkin. Natijada farzandingiz o`zga odam hayotini yashab, baxtli bo`la olmay qolishi mumkin.

4. Qiyoslash o`zingizga ham zarar bo`lib qolishi mumkin. Bolalar kichkina yoshlarida hafa bo`ladi, lekin hech narsa demaydi. Katta yoshdagi bolalar esa o`zingizga huddi shunday javob qaytarishi mumkin. Ya'ni kimnidir ota-onasi bilan sizni qiyoslaydi. Ota-onalar va imkoniyatlar ham xar hil, sizdan imkoniyati, bolalari uchun vaqti ko`plari bilan qiyoslanishingiz ko`ngligizni og`ritishi turgan gap. Siz ular uchun boringizni bersangizu, ular boshqalarni gapirsa...

Shuni eslatib o`tish lozimki, qiyoslanishi mumkin bo`lgan shaxs – Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalaridir. Payg`ambarimiz alayhissalomning go`zal hayotlari biz uchun komil musulmon bo`lib, chiroyli hayot kechirishimizga eng munosib namunadir. 

Keyingiz safar farzandingizni tanqid qilmoqchi bo`lsangiz, ehtiyot bo`ling! Boshqalarning yaxshiligini emas, farzandingizdan nega xafa ekaningizni, agar siz xohlaganday bola bo`lsa, xursand bo`lishingizni ayting.

To Top ↑
To Top ↑