Qo`rquv tushunchasi insoniyat uchun yaxshi tanish hodisadir. Ayrim holatlarda katta yoshdagi kishilarda ham qandaydir vaziyat yoki omilga nisbatan qo`rquv borligini hisobga olsak, yosh bolalarda qo`rquvning mavjudligi tabiiy hol sifatida qabul qilinishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda bolalarni ular qo`rqadigan narsa va voqeliklardan uzoq tutish lozim. Buning uchun esa odatda bola nimadan qo`rqishi mumkinligini bilib olish zarar qilmaydi. Quyida 0-18 yoshli bolalarda asosan qanday qo`rquv turlari qachon avj olishi haqida ma'lumot beramiz.
0-6 oylikda — baland tovushdan;
6-9 oylikda — begona odamlardan;
9-12 oylikda — jarohatlardan, kimdandir ayrilishdan;
2 yoshlikda. O`g`rirlab ketishlaridan, o`limdan.
3 yoshda — hayvonlardan, yolg`iz qolishdan;
4 yoshda — qorong`ulikdan;
6-12 yoshda — maktab, jarohatlar, kasalliklar, ijtimoiy aloqalar, momaqaldiroqdan;
13-18 yoshda — kasalliklar, boshqalar bilan munosabat, ruhiy jarohatlardan;
18 yoshdan keyin — turli kasalliklar va jinsiy etuklikdan qo`rqish holatlari kuzatiladi.