x

O‘zbek xalqi — bolajon xalq, deb bejizga aytishmaydi. Mamlakatimizda azaldan oila va bolaning qadri juda baland. Xalqimiz qaysi din, qaysi millat farzandi bo‘lishidan qat’i nazar, ardoqlaydi. Mehr berib, boshini silaydi. 
Ikkinchi jahon urushi paytida uy-joyi vayron bo‘lib, ota-onasidan yetim qolgan, yaqinlaridan ajralgan yuz minglab bolalar O‘zbekiston bag‘rida Vatanga, o‘zbek xonadonlarida o‘z uylariga ega bo‘lgan. Xalqimiz o‘zining bir burda nonini ham ana shu bolalar bilan beminnat baham ko‘rgan.  Darhaqiqat, odamlarimiz nafaqat o‘z farzandi, balki har bir murg‘ak qalb iqboli uchun qayg‘uradi. Har safar duoga qo‘l ocharkan, Yaratgandan farzandlarining baxtu saodatini so‘raydi.

Bugungi dorilomon zamonda ham xalqimizni chinakam insonparvarlik, bag‘rikenglik, bolajonlik, mehribonlik  sifatlari tark etgani yo‘q. Bu qadriyatlar mudom bardavom. Buni Toshkent shahri Huvaydo mahallasida yashovchi Atayevlar oilasi misolida ham ko‘rish mumkin. 

Mehribonlik uyidan ko‘plab bolalarni o‘z qaramog‘iga olib, ularni oq yuvib, o‘qitib, kasb-hunarli qilayotgan bu oila haqiqiy jasorat, qahramonlik namunasini ko‘rsatdi.  

Muqaddas Ramazon oyida O‘zbekiston Milliy axborot agentligining “Xilqat” loyihasi jamoasi Atayevlar xonadoni bekasi, mehribon ona Kamila  opa bilan suhbatlashdi. 

Ko‘rsatuvda o‘qishda yoki bolalar bog‘chasida bo‘lgani sabab Atayevlar xonadonining barcha farzandlari ishtirok etmagan.

Manba: UZA

To Top ↑
To Top ↑