x

Pew tadqiqot markazi amerikalik o'smirlarning qariyb to'rtdan uch qismi telefonlari yonida bo'lmagan paytda o'zini tinch va baxtliroq his qilishini aniqladi.

Olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra, AQSHdagi 95 foiz o'smirlar o'zining shaxsiy smartfoniga ega. Bu yoshdagilarning aksariyati telefonlar ularning sevimli mashg'ulotlarini amalga oshirishda ahamiyatga ega. 45 foiz o'smirlar esa smartfonlar maktabda yaxshiroq o'qishga yordam beradi deb hisoblaydi. 

Tadqiqot markazi tomonidan olib borilgan so'rovnoma natijalari shuni ko'rsatdiki, 47 foiz ota-onalar o'smir yoshdagi farzandining telefondan foydalanish vaqtini chegaralab qo'ygan, 48 foizi esa bunday cheklov o'rnatmagan.

13-14 yoshli farzandi bor ota-onalarning deyarli uchdan ikki qismi yoki 64 foizi farzandining telefonini tekshirib turadi. 

Shuningdek, o'smirlarning 42 foizi smartfonlar o'rganish jarayonini qiyinlashtiradi deb hisoblasa, ularning 30 foizi aksincha fikrda.

To Top ↑
To Top ↑