x

Ma’lumki, yer quyoshni to‘liq aylanib chiqishi taxminan 365,25 kunni tashkil etadi. Har to‘rt yilda ushbu chorak kunlar (0,25) birlashtirilib, yer orbitasi va fasllarning o‘tishini sinxronlashtirish uchun taqvimga qo‘shiladi. Va ushbu yil “kabisa yili” deb nomlangan. 

Kabisa yili – milodiy taqvim bo‘yicha har to‘rt yilda bir marta sodir bo‘ladi.

Fevral oyining oxiriga bir kun qo‘shilib, yildagi umumiy kunlar soni 366 tani tashkil etadi. Qolaversa, 29-fevral “kabisa kuni” deb ham ataladi. 

Mazkur kunda tug‘ilganlar sayyoramizdagi eng kamyob insonlar qatorida turishadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 8 milliardga yaqin odamdan qariyb 5 million inson kabisa kunida tavallud topgan. Bu eng kam uchraydigan tug‘ilish sanasi bo‘lib, unda tug‘ilish ehtimoli taxminan 1460 tadan 1 ga to‘g‘ri keladi. 

Ushbu sanada tug‘ilgan “baxtli” insonlar haqida xalq orasida bir qancha kulgili miflar yuradi. “29-fevralda tug‘ilganlar 4 yilda bir yoshga ulg‘ayishadi” qabilidagi gaplar shular jumlasidandir. Umuman olganda bu gap haqiqatga yaqindek tuyilishi mumkin, ammo yil hisobi bo‘yicha ular ham boshqalar kabi birdek ulg‘ayishadi. Tug‘ilgan kunni nishonlashga kelsak, 28-fevral yoxud 1-mart tanlovlari mavjud. Biroq, bu holat ularda ba’zida muammoga sabab bo‘lishi mumkin. Shaxsga oid savollarni aniqlashda yoki elektronlashtirilmagan ma’lumotlarni to‘ldirish chog‘ida tug‘ilgan sanalari topilmasligi ehtimoldan holi emas.

To Top ↑
To Top ↑