x

Bugungi kunda mobil qurilmalar kichik yoshli bolalarning sevimli ovunchog‘iga aylanib qolgan. Hatto ota-onalar farzandining turli injiqliklarini tinchitish uchun ham qo‘liga telefon tutqazib qo‘ymoqda. Smartfondagi turli o‘yinlar esa bolalarning ruhiyatiga jiddiy ta’sir qilyapti.

Ammo shunga qaramay, keyingi paytda yoshlarimiz hayotini telefonsiz, kompyuter va internetsiz tasavvur eta olmay qoldi. To‘g‘ri, XXI asr axborot texnologiyalari, innovatsiyalar asri. Lekin yoshlarimiz ko‘p vaqtini ekran qarshisida o‘tkazayotgani ularning ruhiy va jismoniy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan telefonga qaramlikka kasallik darajasida qaralayotgani sababi ham shunda. Bolalarda telefonga qaramlik jismoniy salomatlikka yomon ta’sir etishi bilan birga, uning ruhiy rivojlanishini keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Shuningdek, mobil qurilmalar asab tizimining yemirilishiga, inson miyasida turli shishlar va simtalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Qolaversa, bunday insonlarda uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, xotiraning pasayishi bilan bog‘liq turli kasalliklarga chalinuvchilar ko‘p uchraydi.

Stiv Jobs o‘z vaqtida farzandlariga gadjetlardan foydalanishda bejiz cheklovlar qo‘ymagan. Yoki "Apple"ning ayni vaqtdagi rahbari Tim Kuk 2018-yilda jiyanlariga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatga o‘tishga ruxsat bermagan.

To Top ↑
To Top ↑