x

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ajrashgan er-xotinlarning farzandlari nikohlarini davom ettirayotgan ota-onalarning farzandlariga nisbatan 31 foizga ko’proq stressga duchor bo’ishadi. Qolaversa, ajralish kattalar uchun ham, bolalar uchun ham tushkunlik va tashvishlanish xavfini oshiradi. 

Ajrimdan so’ng bolalarning hayot va kun tartiblari o’zgarib, ikkita alohida uy xo’jaligining tashkil topishi bilan nozik davr boshlanadi. Psixologlarning bu borada bergan maslahatlariga ko’ra, yuqoridagi vaziyatda ota-onalar o’rtasidagi ochiq va beg’araz muloqot, yaxshi muhit muhim ekanligi ta’kidlanadi. Ko’pincga, ajrimdan so’ng sobiq er-xotinlardagi hissiy qoldiq va og’riqlar keskinlikni keltirib chiqaradi. Shu kabi mojaro hamda kelishmovchiliklar bolaning ruhiyatiga slabiy ta’sir ko’rsatadi. 

Turkiyalik professor D. Erbay, ajrashgan sobiq er-xotinlar o’rtadagi bolani birgalikda tarbiyalashi, uni ruhiy tushkunlik va zarbalardan himoya qilib, xavfsiz va samimiy muhit yaratish muhim omil ekanligini ta’kidladi.

Ajralish bolalarning ta’lim jarayonlariga ham ta’sir qilishi mumkin. Tadqiqotlarga ko’ra, ota-onasi ajrashgan bolalar boshqa tengdoshlariga qaraganda bilim va o’qish borasida sezilarli darajada pasayishni boshdan kechirishadi.

To Top ↑
To Top ↑