So’nggi kunlarda jahonning ko’plab davlatlarida internet platformalari, ijtimoiy tarmoqlar borasida ota-onalar qarshiligi kuchaymoqda. Ularning orasida farzandi katta bo’lguniga qadar telefon ishlatmasligi, tarmoqlardan foydalanmasligini xohlayotganlari ham talaygina.
Shu mavzudagi so’rovnomada ishtirok etgan avstraliyalik ota-onalar va vasiylarning 60%i ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun katta xavf o’zlari uchun esa uchun esa tashvish tug’dirayotganini bildirishdi. Ota-onalardan birining aytishicha, ularning qizi zamonaviy gadjetlarga bo’lgan qaramligi kovid infeksiyasi davrida nazoratdan chiqib ketgan. O’sha paytda telefon qizcha uchun yagona aloqa vositasi edi. Ammo, hozir undan smartfonni olib qo’yishning imkoni yo’q. Agar shunday qilmoqchi bo’lishsa qizning tajovuzkorligi qo’rqinchli darajaga chiqadi.
Xuddi shunday shikoyatni bildirganlarning 55%i o’z farzandlarining xulq-atvoridagi salbiy o’zgarishlarni qayd etishgan. Yangi tadqiqotga ko’ra, ota-ona va ustozlarning qariyb 60%i ijtimoiy tarmoqlar o’smirlarning ruhiy salomatligiga ta’siridan xavotirda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, algoritmga asoslangan tasmalar yoshlarning insonlararo munosabatlariga putur yetkazadi va depressiya holatiga hissa qo’shadi.