x

Kembridj universiteti o’tkazgan tadiqiqot natijalariga ko’ra, maktabb formasi bolalarning jismoniy faolligini pasaytirishi mumkin. Ayniqsa, formaning salbiy ta’siri boshlang’ich sinflarda tahsil oluvchi qizlarda yuqori bo’lishi ta’kidlanmoqda. 

Tadqiqot mutaxassislarining so’zlariga ko’ra, maktab kiyimlarida cheklash xususiyati bor yoki yo’qligiga e’tibor qaratish lozim. Jamoa 135 mamlakatda, jumladan, Buyuk Britaniyada 5 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan millionlab maktab o’quvchilarining jismoniy faollik darajasi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi.  Natijalarga ko’ra, ko’plab forma talab etiladigan mamlakat maktablarida tahsil oluvchi bolalar JSST (Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti) tomonidan tavsiya etiladigan kunlik 60 daqiqalik jismoniy faollikni bajarishga moyil.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, natijalar maktab formasi bolalarning jismoniy faolligini cheklab qo’yishini aniq isbotlab bera olmaydi.

To Top ↑
To Top ↑