x

“Internet asri”da bolalarni onlayn xavf-xatarlardan himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Oxirgi vaqtlarda jahon miqyosida ijtimoiy tarmoqlar va bolalar o’rtasida yuzaga kelgan muammolardan so’ng ko’plab ota-onalar o’z farzandlari uchun internet platformalarida qanday qilib bexatar muhit yaratish haqida qayg’urishmoqda. Quyida, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan ba’zi xavfsizlik choralarini e’tiboringizga havola etamiz.

Mavjud qonun-qoidalarni bilib oling
Bolalarning onlayn maxfiyligini himoya qilish qonuniga ko’ra, internet platformalari 13 yoshgacha bo’lgan bolalarning ma’lumotlarini to’plashi taqiqlangan. Ijtimoiy media tarmoqlarda yosh cheklovlari mavud bo’lsa-da, ko’plab bolalar qoidalarni chetlab o’tmoqda. 

Yosh chegaralariga e’tibor bering
Siz farzandingizga foydalanish uchun ruhsat berayotgan ilova yoki tarmoqlardagi yosh chegarasiga e’tibor berishingiz muhim hisoblanadi. Aslida, bolangiz katta bo’lgunga qadar ijtimoiy tarmoqlarga kirishdan qaytarishingiz maqsadga muvofiqdir. Ko’pgina mutaxassislar cheklovlarini kamida 8-sinfgacha belgilashni tavsiya qilishadi. 

Doimo kuzatuvda bo’ling
Farzandingiz gadjetlardagi vaqtini nimalarga sarflayotganini doim nazoratingiz ostida tuting. Foydalanish vaqti va boshqa ma’lumotlardan boxabar bo’ling. Zarur bo’lsa, vaqt limitlaridan foydalaning.

Nazorat ilovalarini ishga tushiring
Farzandingiz harkatlarini kuzatish, ekran statistikalari, ma’lumotlarini va cheklov imkoniyatlarini taqdim qiluvchi ota-ona nazorati yoki shu kabi ilovalardan foydalanishingiz ham mumkin. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlarning o’zida ham maxsus limit funksiyalari mavjud. Yuqoridagi kabi “ota-ona nazorati” ilovalari haqida kelgusi maqolalarimizda xabar beramiz.

To Top ↑
To Top ↑