x

Bolalar nimani o’ylashi, nimalar ularning xotirasida qolib ketishi yoki unutishi qiziq, to’grimi?! Inson xotirasi turlicha bo’lishi mumkin. Ammo tadqiqot natijalariga ko’ra bir narsa aniqki, farzandingiz siz haqingizda quyidagilarni hech qachon unutmaydi.

1. Siz ularni hayratda qoldirganingiz
Bolalar ota-onalari qilgan hayratlanarli ishlarni ko’proq eslab qolishadi. Biroq hayron qoldirish doim ham yaxshi ishlar bilan sodir bo’lavermaydi. Ularda yaxshi amallar orqali taassurot qoldirishga harakat qiling.

2. Yillar so’ngra anglab yetiladigan haqiqatlar
Siz bir narsani istasangiz, bolalar har doim ham uni xohlamasligi yoki xush ko’rmasligi mumkin. Va kundalik hayotimizda bu holatlar ko’p uchrab turadi. Ammo ular keyinchalik o’zlari yoqtirmagan ishlar ularning foydasi uchunligini anglab yetishadi. 

3. Ularning kechirim so’rashi va sizning uzr so’ratishingiz
Biz ko’pincha kechirimni noto’g’ri qabul qilamiz. Ya’ni uzr so’rash faqat bolalar xatoga yo’l qo’yganda ular tomonidan qilinadigan ishdek. Lekin hech bir inson mukammal bo’lmagani kabi, siz ham ulatrga nisbatan qilgan xatolaringiz ustida o’sha sehrli so’zlarni ishlata oling. 

4. Ularga baqirishingiz
Bu holat takrorlanishi ko’pchilikda odat tusiga aylanib qolgan. Ba’zilar esa ushbu vaziyatni normal deya qabul qilishadi. Afsuski, bolalar o’zlariga qilingan shunday qo’polliklarni “yaxshi” eslab qolishadi, bu esa ularda qayg’uli va qo’rqinchli xotira izlarini qoldirishi mumkin. 

5. Birga bo’la olgan vaqtlaringiz
Bolalar – siz ular bilan birgamisiz yoki yo’q, o’zlarining dunyoqarashlari chegarasida tushuna olishadi. Hozir bilishmasa ham kelajakda, albatta, ortga nazar tashlanadigan onlar bo’ladi. Shunday ekan, doim ular bilan birga ekanligingizni his qildiring.

6. Va’dalaringizni bajarishingiz yoki buzishingiz
Bolalarga berilgan va’dalar natijasi doimo ular tomonidan intizorlik ila kutiladi. Va yakundagi natija farzandlaringiz ongida sizga nisbatan ijobiy yoki salbiy fikrni tamoman shakllantirishi mumkin. 

7. Siz ularni qanday ko’rasiz
Farzandingizga bildiradigan ishonchingiz kelajakda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ular voyaga yetgach o’zlari haqida siz qanday fikrda bo’lganligingizni yodga olishadi. Shunday ekan, ularga doimo ishonch bildiring, yangi marra va maqsadlarga ruhlantiring.

To Top ↑
To Top ↑