x

Farzand tarbiyasi oiladan-oilaga qarab farqlanib tursa-da, ota-onalarning ba’zi xatolari umuman o’zgarmaydi. Quyida keltiriladigan xatolar sizda ham bo’lsa, ularni tuzatishga harakat qiling. Zero, tarbiya borasidagi kichik yanglishishlar farzandingizning katta kelajagiga salbiy ta’sir ko’rsatmasin.

Yopiq aloqa
Farzandingiz o’zini qiziqtirgan biror narsa haqida gaplashish uchun sizga behijolat murojaat qilishi mumkinligini bildirish – muloqot eshiklarini ochishning asosiy qismidir.  Bola oldingizga muammo bilan kelganida unga jahl qilish o’rniga o’z tajribangizdan kelib chiqib, ularga mos maslahatlarni berishingiz yaxshi usul hisoblanadi. Farzandingiz bilan muloqot yo’llaringiz yopiq bo’lsa, ular o’z fikr va muammolarini boshqalarga aytishga majbur bo’lishi mumkin. Bu esa yaxshi holat emas.

Haddan tashqari to’sqinlik qilish
Qotilliklar, zo’ravonlik, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste'mol qilish haqidagi yangiliklarga to'la bugungi kunda ota-onalar farzandlari uchun ko'proq tashvishlanadilar. Ammo, haddan tashqari himoya ostidagi oilalarda o’sgan o‘smirlar noto‘g‘ri yo‘lga tushib, muammolarga duchor bo‘lishlari aniqlangan. Ba’zi ota-onalar bolalarni turli narsalardan cheklab qo'yishadi va taqiqlashadi. Bolalar esa o'z do'stlarining oilasidagi ochiqlik va bag'rikengligini ko'rganlarida, ular o'z ota-onalarini so'roq qila boshlaydilar. Buning natijasida ularda nafrat va uzoqlashish yuzaga keladi. 

“Hamma narsa yomon” deb da'vo qilish
Tarbiya borasida qo'rquv bilan yondashish juda xavflidir. Doimiy bo'rttirilgan reaksiyalar va negativ fikrlar bolangiz ongida shubha va xavotirni keltirib chiqaradi. Hamma narsani yomon deb da'vo qilishning o'rniga, farzandlaringizning oldida hurmatni yo'qotmasdan to'g'ri kurash olib boring.

Ikkiyuzlamachilik
Bolangizga biron-bir yomon odatni “qilma” deb turib, uni o’zingiz qilib yurishingiz tarbiyada falokat uchun “yo’llanma”dir.  Sigaret-alkogol yomonligini ularga uqtirib, o’zingiz ichib yoki chekib yashagan holingizda ularni bunga da’vat qilish bilan barobar holatda bo’lasiz. Bolalar o’zlariga buyurilgan narsani qilishdan ko’ra, o’rnak olishi osonroqdir.

Aldash
Bolaga biron narsani va’da qilib turib bajarmaslik, ularda ota-onaga nisbatan ishonchsizlik hissini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari,  ushbu holat ularda kelajakda yolg’on gapirish refleksini keltirib chiqarish xavfi mavjud.

To Top ↑
To Top ↑