Boshlang’ich sinf o’quvchilari maktab oshxonasida ovqatlanishi, yo’l xarajatlari yoki boshqa ehtiyojlar uchun ota-onalar oila byudjetidan ma’lum mablag’ni ajratishni yo’lga qo’yishadi. Shu mavzuda “Synergy Kids” onlayn maktabining uslubiy bo’lim boshlig’i Anna Sokolova Gazeta.Ru’ga bergan intervyusida o’z maslahatlarini berib o’tdi.
“Ushbu yosh bosqichida bolalarga vaziyatni anglash uchun imkoniyat berish zarur. Ya’ni, bola xato qilishiga qo’yib bering. Bola qancha kichik bo’lsa, vaziyatni baholash va rejalashtirish qobiliyati ham shunchalik past bo’ladi. Siz ularga birdaniga bir necha haftaga yetadigan miqdorni bermang. Kundalik kichik miqdorda pul ajratgan ma’qul. Bola bir necha marotaba pullarini tushirib qo’yadi, unutadi, sinfdoshlari bilan teng bo’lmagan almashinuvlarni amalga oshiradi. (Ya'ni tengdoshining 10 so'mlik qalamini 50 so'mga sotib oladi) Sizning vazifangiz bunga xotirjam munosabatda bo’lish va unga to’gri tushuntirishdir”,- deydi Sokolova.
Mutaxassisning so’zlariga ko’ra, bolaga 2-3 kunda bir marotaba pul bergan yaxshiroq. Yuqoridagi maslahatlarga amal qilgan holatda, farzandingizga yoshligidanoq pul bilan to’g’ri muomala qilish, holatni to’g’ri baholash kabi zaruriy xislatlarni o’rgatishingiz mumkin. Albatta, bunday vaziyatda undan beminnat va foydali maslahatlaringizni ayamang. Bolalar dakki eshitishdan ko’ra ularga to’g’ri tushuntirilgan narsalarni yaxshiroq va tezroq o’rganishadi.