x

Yik Yak 

So’nggi o’n yillikda bolalar uchun eng xavfli xabar almashish ilovalaridan biri. Yik yak – anonim (maxfiy) chat ilovasi bo’lib, u ma’lum masofa doirasidagi foydalanuvchilar bilan ochiq xabar almashish imkonini beradi. E’tiborli jihati shundaki, unda bolalar uchun tahdidlarning asosiy qismi – jinsiy zo’ravonlik va bezorilikni targ’ib qiluvchi kontentdir.

Omegle & ChatRuletka

Ushbu ilovalar sizni dunyoning qaysidir nuqtasidagi notanish odam bilan bog’laydigan anonim video chat platformalaridir. Ko’pincha bolalar guruh bo’lgan holatda mazkur dasturlardan foydalanishadi. Aslida, ularga yosh cheklovlari o’rnatilishi zarur. Yosh foydalanuvchilar esa ko’pincha yalang’ochlik va turli nomaqbul sahnalarga duch kelishadi. Bundan tashqari, ba’zi foydalanuvchilar bolalarning ekrandagi tasvirlarini saqlab olishlari va turli maqsadlarda foydalanishlari mumkin.

Instagram, TikTok, Twitter

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, imkon qadar bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan cheklashlik yaxshiroq. Ushbu ilovalar butun dunyoda mashhur va ommabop bo’lsa ham, ularni istalgan maqsad yo’lida ishlatish mumkin. Turli suhbatlar, rasm-video almashinuvlar, va cheksiz media olami. Ammo, ularning barchasi yaxshilikka xizmat qiladi deb aytish imkonsiz. Tadqiqotlar natijasi shu va shu kabi tarmoqlardan foydalanuvchi bolalarga salbiy ta’siri ko’proq ekanligini ko’rsatadi. Xattoki,  ba’zi davlatlar bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlarini cheklamoqda. 

Ushbu ilovalar “xavfli” deya ta’kidlanadiganlarning ba’zilarigina xolos. Aslida, bolalarning vaqtini o’g’irlayotgan, ularni ilm olishdan to’sib, chalg’itayotgan barchasi xavflidir. Aziz ota-ona! Farzandingizni doimo nazoratingiz ostida tuting. Zero, unga yaxshi niyatlar ila olib bergan telefon-u gadjetlaringiz faqat yaxshilik yo’lida xizmat qilsin.

To Top ↑
To Top ↑