x

Ta’lim olish doimo insonlarning ajralmas huquqi sifatida tasniflanadi. Ammo, ba’zi holatlar sababli dunyo bo’ylab 100 milionga yaqin bolalar maktabga borish imkoniyatidan mahrum bo’lishgan. Iqlim, o’zgarishi, to’fonlar, suv toshqinlari, tabiiy ofatlar, energiya tanqisligi va boshqa muammolar shular jumlasidandir. Biroq, dunyoda shunday g’ayrioddiy maktablar borki, ularning ba’zilari shunchaki qiziqish uchun qurilgan bo’lsa, ba’zilari muhtojlik va ilojsizlik natijasi. Quyida, ularning bir qismi bilan tanishamiz. 

Suzuvchi maktablar – Bangladesh

Bangladesh qishloqlarida ko’plab bolalar, xususan, qizlar ta’lim olish imkoniyatiga ega emas. An’anaga ko’ra, birinchi bo’lib maktabga o’g’il bolalar yuboriladi. Qiz bolalar esa faqatgina maktab uylariga yaqin bo’lgandagina o’qishlari mumkin. Ko’pincha ularga eng yaqin maktab ham kamida kilommetrlab uzoqlikda joylashgan bo’ladi. Bundan tashqari ushbu mamlakatda oxirgi yillarda suv toshqinlari ko’paydi. Musson deb nomlanadigan mavsumda esa bu holat doimiy ravishda kuzatiladi va uzoq vaqt davom etadi. Shu sababli bolalar qayiqlarda joylashgan maktablarda o’qishadi. Suv ustida doimiy suzib yurgan holda o’qish biroz noqulayligini hisobga olmaganda, ushbu qayiqlarda o’quvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

G`or maktabi – Hitoy

Guijou provinsiyasi, Miao qishlog’ida joylashgan ushbu maktab Dongjong deb ataladi. Ushbu maktabning g’ayrioddiy xususiyati shundaki, u minglab yillar davomida shamol, yomg’ir va zilzilalar sodir bo’lishi tufayli o’yilishdan hosil bo’lgan g’orda joylashgan. Maktab 1984-yilda ochilgan bo’lib, unda 186 nafar bolani o’qitish uchun 8 ta o’qituvchi ishlaydi. Ammo, Xitoy hukumati bu g’ayrioddiy maktabni yopishga buyurdi. Ularning aytishicha: “Xitoy – g’or odamlari jamiyati emas”.

Mazkur qishloq mamlakatdagi qishloqlarning eng kambag’allaridan bo’lib, hukumat tomonidan ularga hech qanday yordam berilmaydi. Hayot tarzidagi yetishmovchiliklar va tanqisliklar aholini yanada qiyin ahvolga solib qo’ymoqda. 

Shishali maktab – Filippin

Filippinning San-Pablo shahrida joylashgan ushbu maktabni qurish uchun qayta ishlangan idishlardan foydalanilgan. Ushbu innovatsion yechim ekologik jihatdan bardoshli tuzilmada iqlim o’zgarishiga qarshi kurashishning yangi usuli hisoblanadi. Qurilishda ishlatilgan materiallar sement, po’lat va shishadan iborat. 

Davomi bor...

To Top ↑
To Top ↑