Uyqu - bolaning sog’ligi va yaxshi rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Yetarli miqdordagi uyqu xotira pasayishi, aqliy rivojlanishning sustlashishini oldini oladi, xatti harakatlardagi muammolarni kamaytiradi hamda jinsiy va jismoniy ulg’ayishni rivojlantiradi. Bolaning kelgusi hayotida uyqu bilan bog’liq bo’lgan muammolarning oldini olish uchun ham zarur choralarni yoshlikdan amalda qo’llash foydadan holi emas.
Bolalar qancha uxlashi kerak?
Quyida farzandingiz uchun zarur bo’lgan sutkalik uyqu me’yorlarini bilib oling:
- Farzandingiz 0-2 oylik bo’lsa, kuniga 10,5-18 soat uxlashi kerak
- Farzandingiz 2-12 oylik bo’lsa, kuniga 14-15 soat uxlashi kerak
- Farzandingiz 1-3 yosh bo’lsa, kuniga 12-14 soat uxlashi kerak
- Farzandingiz 3-6 yosh bo’lsa, kuniga 10-12 soat uxlashi kerak
- Farzandingiz 7-12 yosh bo’lsa, kuniga 10-11 soat uxlashi kerak
- Farzandingiz 13-18 bo’lsa, kuniga 8-9 soat uxlashi kerak
Uyqu vaqtida tavsiya qilinadigan tartiblar:
– dush qabul qildiring
– tungi kiyimlarni kiygazing
– tishlarini yuving
– hikoya yoki ertak o’qib bering
– xona sokin va qulayligi, harorat normalligiga e’tibor bering
– farzandingizni o’z o’rniga yotkazing
– xayrli tun tilashni unutmang.