x

Qishning sovuq kunlarida mavsumiy kasalliklar: oddiy grippdan tortib turli viruslargacha kasallanish holatlari avj olishi tabiiy hol. Ayniqsa, bu vaqtda bolalar immun tizimining zaifligi tufayli kasallikka chalinishga ko’proq moyil bo’lishadi. Quyida mutaxxasislar tomonidan berilgan maslahatlar yordamida farzandlaringizni qishki kasallanishdan saqlash uchun bir nechta usullarni ko’rib chiqamiz:

Imkoni bo’lsa, vaksina (emlash)dan foydalaning
Emlash qishning asosiy “virusi” bo’lmish grippdan himoyalanishda samarali usul hisoblanadi. Garchi u himoyani 100% kafolatlamasa-da og’ir asoratlarni oldini oladi, kasallik davrini yengil kechishini ta’minlaydi.

Farzandlaringizni “baquvvat” ovqatlantiring
Ovqat barcha dardga shifo bo’lmasa ham, u salomatlikning asosidir. Bolaning immun tizimini qo’llab-quvvatlovchi mikro va makro elementlarga boy turli xil taom, sabzavot, mevalarni yeyishga undang. 

D vitaminini ko’paytiring
D vitamin immunitetni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qish kunlarida ovqat ratsionini ushbu vitamin bilan boyitish juda zarur.

Gigienani targ’ib qiling
Viruslar, shu jumladan, gripp virusi yuzada 7 kungacha saqlanishi mumkin. Ularning oldini olishda qo’l gigienasi juda muhimdir. Viruslarni qo’ldan yuzga va boshqa a’zolarga o’tkazmaslik uchun tez-tez qo’llarni yuvishni buyuring.

Niqoblanish
Bu ko’pchilikka yoqmasa-da, niqoblar shamollash va grippdan himoya qilishda samarali vosita hisoblanadi. Bolangizni kerak joyda niqob taqishini ta’minlang.

Masofani saqlash
Gripp viruslari, asosan, yaqin masofada yuqadi. Kasallanganlar bilan ko’rishganda, yaqin munosabatda bo’lganda va shu kabi holatlarda tarqalish xavfi yuqori. Shuning uchun, zarur shaxsiy masofani saqlash maqsadga muvofiqdir.

Uyquga e’tibor bering
Kuchli immunitet uchun uyqu muhim rol o’ynaydi. Farzandingizga uxlash va uyg’onish vaqtlarini belgilagan holda, sog’lom uyqu tizimini yaratish foydadan holi emas. Yaxshi uyqu uchun esa, uxlashdan 1 soat oldin ekrandan foydalanishni cheklash tavsiya etiladi.

To Top ↑
To Top ↑