Uyqu vaqti kattalar bilan bir qatorda bolalar uchun ham muhim hisoblanadi. Biologik jihatdan ham ular aynan uxlash oldidan o’zlarini erkin va xavfsiz his qilishlari uchun sizning e’tibor va hamrohligingizga ehtiyoj sezishadi. Shu sababli, qanchalik charchagan bo’lsangiz ham kun so’nggida farzandingiz uchun alohida vaqt ajrating.
Farzandingiz uyquga ketishidan oldin aytishingiz kerak bo’lgan 6 so’z:
1. Kuning qanday o’tdi?
Farzandingizdan kun taassurotlarini so’rab, uni tushunishga harakat qiling. So’zlarini tinglang, zarur bo’lsa maslahatlaringiz bilan o’rtoqlashing.
2. Bugungi kuning yanada yaxshi bo’lishi mumkinmidi?
Shaxsiy fikrlarni so’rash orqali ham ularning dunyoqarashini kengaytirasiz, va istak-hohishlarini aniqlab olasiz.
3. Seni yaxshi ko’raman!
Har oqshom bu so’zlari takrorlab, ularning sizga nisbatan bo’lgan mehr va ishonchlarini yanada orttiring. O’rtangizdagi keraksiz chegaralarni parchalash uchun ham aynan shu sehrli so’zdan foydalansangiz bo’ladi.
4. Ertaga yangi kun boshlanadi.
Bolalar kunlarini yomon o’trkazishganda o’zlarini noqulay, xuddi hayot tugab qolganday umidsiz his etishadi. Farzandlaringizni eski xavotir va qayg’ulardan xalos etib, butunlayyangi kun uchun ruhlantiring.
5. Sendek farzandim borligidan fahrlanaman.
“Buni bilishadi” deb o’ylasangiz ham, ushbu so’zlarni har oqshom takrorlayvering. Toki ular tobora oldinga intilishsin. Bolalarni yaxshi bo’lmagan ishlarni qilib qo’yishdan to’sishda ham bu gaplar xizmat qilsa, ajab emas.
6. Nimalardan ko’ngling to’q va minnatdorsan?
Bu orqali bolangiz yoshligidanoq shukr qilish va minnatdor bo’lishga o’rganadi. Bu ularning fikrlashini ham ruhiyatini ham yaxshilashg yordam beradi.
Qadrli ota-ona! Bular shunchaki tavsiyalar xolos. Yuqorida aytganimizdek, endigina katta hayotga kichik qadamlar bilan kirib kelayotgan bola doimo ota-onasining har tomonlama yordam va e’tiboriga muhtoj. Aziz farzandingizdan doimo shirin so’z va mehringizni ayamang. Zero, uning kelajakdagi yutuq va muvaffaqiyatlari poydevorida sizning mehnatlaringiz, bildirgan ishonchingiz yotadi.