Avstraliyalik mutaxassislar o'tkazgan yangi taqdiqot natijalariga ko'ra, iqlimiy o'zgarishlar chaqaloqlarning tug'ilish vazniga o'z ta'sirini o'tkazishi mumkinligi ta'kidlanmoqda. Homiladorlikning so'nggi bosqichlari paytida ob-havodagi keskin o'zgarishlar, juda issiq yoki juda sovuq havo go'dakning sezilarli darajada katta yoki kichik tug'ilishga olib kelish mumkin.
Tadqiqotda G'arbiy Avstraliyadagi 385 000 dan ortiq homiladorlik holatlari o'rganib chiqilgan. Tug'ruqdan 12 hafta oldin turli vosita va maxsus sharoitlar yordamida ta'sir o'tkazilgan. Natijalarga ko'ra, chaqaloqlarning 9,8%i homila davriga nisbatan juda kichik, 9,9%i juda katta tug'ilgan.
Chaqaloqning tug'ilish vazni, uning keyingi rivojlanishida, immunitet va salomatlikda muhim rol o'ynaydi.