x

Bola kasal boʻlganida onaning koʻngliga hech narsa sigʻmay qoladi. Bolani davolash uchun  dorilarga pulini ham, shifokorlar qabuliga tushish uchun vaqtini ham ayamaydi.

Bolani ona ham davolashi mumkin. Buning uchun faqat mehrga toʻla qalb talab etiladi, xolos.

Ona mehri vitamini

Ushbu oddiy soʻzlar bilan ona bola organizmini foydali vitamin bilan toʻydira oladi: “Sen mening hayotimdagi eng kerakli insonsan. Sen men uchun qadrlisan. Men sensiz yashay olmayman. Dadang va Onang seni juda yaxshi koʻramiz!”

Ona-terapiya

Yengil kasalliklarda davo vositasi: “Sen juda kuchlisan va sogʻlomsan. Sening yuraging, tanang va qorning kuchli va sogʻlom. Sen yaxshi ovqatlanasan va sogʻlom rivojlanasan. Sen soglomsan!.”

Psixologik koʻmak

Bolaning psixikasi sinmasligi uchun unga ozuqa berib turish lozim. “Sen yoqimli bolasan. Yaxshi uxlaysan. Sabr-toqatli va aqlli bolasan. Tiling yaxshi rivojlangan. Miyang yaxshi ishlaydi. Senda hammasi yaxshi boʻladi.”

Kuchli zarba

Bola qattiq kasal boʻlganida dori vositalaridan tashqari onaning mehr va eʼtibori nihoyatda kerak. Ona oʻzining shirin soʻzu-mehri bilan kasallikka zarba berishi lozim. “Seni juda yaxshi koʻraman. Sen bizga keraksan. Kasalliklaring yoʻq boʻlib ketsin.  Qiynalganlaringni olib unutib yuboraman. ”

Bola ota-onasidan hadeb tanbeh eshitaversa, kasal boʻlishi oson boʻlib qoladi. Ota-onasi ishonmagan, urushgan bolani tuzalishi qiyinroq kechadi.
Ota-ona bolaga charchov, alam va ranjish koʻzlari bilan qarasa, bolaning hayotida omadsizliklar va kasalliklar koʻp yuz beradi. Bu tasdiqlangan psixologik faktor.

Har kuni bolaga kamida 3-marta ota-ona mehrga toʻla soʻzlarni aytishi lozim. Bola onasining gaplarini his etib qabul qilishi kerak. Kasal boʻlgan bolaga esa, bundan 10 barobar koʻproq mehr va eʼtibor talab etiladi.

Bolaga har doim, “Men seni yaxshi koʻraman”, deb yurishga odatlaning.

To Top ↑
To Top ↑