x

Ota-ona o'z farzandini (rostdan) maqtashi bu juda yaxshi, bu farzandga katta bir motivatsiya desak ham bo'ladi. Ammo bolani keragidan ortiq maqtash, u haqida qilmagan ishi uchun boshqalar oldida unga ko'p ta'rif berishning ham o'ziga yarasha (salbiy tomoni va) zarari bor.

Bolani aslida bajargan ishi uchun emas, avvalo u ishni bajargunga qadar bo'lgan mashaqqat va albatta u erishgan natija haqida gapirilsa, bola uchun juda eng yaxshi va ijobiy, ta'sirli motivatsiya bo'ladi.

Shuningdek, bolani bajarolmagan vazifasi uchun kasitish, unga qattiq tanbeh berish, uni boshqa bir kamchiliklarini gapirib, yuzaga chiqarish bu juda yomon ish deb o'ylayman... Bunday so'zlar ayniqsa, yaqin insonlari tomonidan aytilsa!

To Top ↑
To Top ↑