x

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ota-onalar bolaning chaqaloqlik davridan boshlab ular bilan suhbatlashishi bola nutqining rivojlanishiga yordam beradi.

Hususan, 4 oydan 7 oygacha chaqaloqlar tashqi muhitdagi tovushlarga taqlid qila boshlaydilar. Ularga narsa-buyumlarni ko`rsatib, nomini aytib, atrof-muhit bilan tanishtirish lozim.

Shuningdek, 8 oydan 12 oygacha chaqaloqlar bir nechta oddiy so`zlarni talaffuz qila boshlaydilar. Bu paytda ularga ko`proq narsalar haqida gapirib, o`rgatishga harakat qilish tavsiya etiladi. U qiziqish bildirgan barcha narsalar haqida unga ma'lumotlar aytish va tushuntirish yaxshi foyda beradi. 

Bu keyinchalik bolaning nutqiy va aqliy qobiliyatlarini yuzaga chiqishida muhim rol o`ynaydi.

To Top ↑
To Top ↑