x

Ota-onamning oldilariga borsam, muammolar haqida gap ochmayman. Iloji boricha o`tmishdagi qiziq va yaxshi xotiralarni esga solib, suhbatlashishga harakat qilaman.

Ularning ko`zlariga qarab turaman, qaysi mavzuda gap ochilsa, ko`zlari chaqnab yuzlariga tabassum yugursa, o`sha mavzuni davom ettiraman. 

Biron bir yutuqlarim haqida gap ketsa, albatta, bunda ularning hissalari katta ekanligini ta'kidlayman.

Kecha Onam aytdilar "Bolam sen kelib ketganingdan keyin dadang yaxshi uxlaydilar" deb. Menga bu juda katta mukofotday tuyuldi. 

Ota-onalarimiz qarib borishyapti. Har bir daqiqa g`animat. Umrlari uzoq bo`lsin!

Mirkomil Zokirov

To Top ↑
To Top ↑