x

Arazchi bolalarni tarbiyalash, ularga qanday munosabatda bo`lish haqida mulohaza yuritishdan avval arazning qanday paydo bo`lishi haqida ma'lumot berib o`tsak.

Mutaxassislarning fikricha, bolalar uch yoshgacha o`zlari uchun muammoli vaziyatlardan tez chiqishadi. Aniqrog`i, tez unutib yuborishadi. Biroq ular katta bo`la boshlagach, jamiyatga qo`shiladi. Endi bola tashqaridan o`ziga diqqat, e'tibor talab qila boshlaydi. Agar u etarli darajada bo`Imasa yoki bolaga umuman ahamiyat berilmasa, araz, gina paydo bo`lishi mumkin. Ota-ona boladagi ichki norozilik aynan qaysi vaziyatda tug`ilganini ko`p hollarda anglay olmay qoladi. U bora-bora yig`ilib, haqiqatan katta muammoga aylanadi. 

Bog`cha yoshidagi bolalar o`rtasidagi ziddiyatlarning eng keng tarqalganlari – o`yinchoq, turli o`yinlar, bir-birining jig`iga tegish, laqab qo`yish va hokazolar. Shunday paytlarda hamisha kattalar tomonidan g`amxo`rlik tuygan bolakaylar ruhiyatida shok holati yuzaga keladi. Bu ayniqsa, kattalarning aralashuvi bilan o`sha bolani tengquriga nisbatan kamsitishsa, maqtov so`zlari aytilmasa yaqqolroq seziladi. Ba'zi bolalar o`z noroziligini ochiq-oydin bildiradi, uni xafa qilganlar kechirim so`rashlarini kutadi. Atrofdagilarning tavba-tazarru qilmasligi arazni yanada chuqurlashtiradi. 

Ayrim hollarda bolaning arazlashi, xafa bo`lishiga o`zgalarning g`alamisligi sabab bo`ladi. Aytaylik, bola bog`chaga kelib, birinchi kundan o`z tashabbusi bilan tengdoshlariga qo`shilib o`ynamoqchi bo`Idi. Biroq bolalar uni begona ko`rib, chiqishtirishmadi. Bolaning noroziligini esa na tarbiyachi, na ota-ona e'tiborga oldi. Ana shu kabi hollarda bolaning etarli baholanmaganlik hissi arazga olib kelishi mumkin. 

 

Endi vaziyatni sal boshqacharoq misol bilan tahlil qilib ko`ramiz. Bola bog`chaga kelib, o`ynab o`tirgan tengdoshlarini ko`radi. Ularga qo`shilib o`ynashga harakat qilmay turib, unga shunchaki e'tibor berishmagani uchun arazlab, xarxashani boshlaydi. Vaziyat yaxshilab tahlil qilinib qaralsa, bola besabab xafa bo`lyapti va bunda o`zgalarni ayblayapti. Bu erda biz o`rganmoqchi bo`Igan muammoning ildizi yotadi. U ham bo`Isa o`z-o`zini baholashdir. 

 

Senga nima bolakay? 

 

Arazchi kichkintoylarning eng xarakterli belgilaridan biri – boshqa bolalarning muvaffaqiyatini ko`ra olmaslik. Bunday farzandning oldida birov maqtalishini, eng yomoni, kim bilandir solishtirganda uning tarozi pallasi bosmasligini katta iztirob bilan qabul qiladi. Bunday bolalar doimiy maqtov, ijobiy baholanishga muhtoj bo`lishadi. Basharti bu uning ko`nglidagidek yuz bermas ekan, o`z-o`zi bilan bo`lib, kechinmalari ichida o`ralashib qoladi. Faqat kim yaxshiyu kim yomonligi haqida o`ylaydi, hamma vaziyatlarda o`zini haq deb biladi. Bunday haddan ortiq araz asosida bolaning o`ziga nisbatan ishonchi kamligi yotadi. 

 

Munosabatni o`zgartiring! 

 

Ko`pgina ota-onalar arazchi bolaning gap ko`tara olmasligi, ko`ngli nozikligini hisobga olib, uni ko`proq maqtashga, tengdoshlaridan ustunligini isbotlashga harakat qilishadi. Biroq bu bilan muammo to`liq hal bo`la qolmaydi. Har qanday baho bolaning diqqatini fe'lidagi u yoki bu xislatga qaratishga, o`zini hamisha boshqalar bilan taqqoslashiga sabab bo`lishi mumkin. Oqibatda farzand atrofidagi bolalarni o`ziga nisbatan raqobatdosh sifatida qabul qiladi. 

Demak, arazchilikni engishda ota-onaning farzandini noreal baholamasligi va o`zgalar bilan taqqoslamasligi eng birinchi shart hisoblanadi. Bu gapirishga oson, ammo maqtov va tanbeh berib turish tarbiyaning odatiy usuliga aylanib bo`lgani sababli ham amal qilish nihoyatda qiyin. Afsuski, ko`pgina ota-onalar o`z mehrini bolani maqtash bilan ifodalashga harakat qilishadi. Bu bolakayni hamisha o`z qadrini bildirib qo`yuvchi, afzalligini ko`rsatuvchi tadbirlarni yuk sifatida qabul qilishiga olib keladi.

Arazchi bolalarning ota-onalari uchun eng muhim qoidalar:

 

Farzandingiz bilan hamkorlik o`rnating. Yuragidagi tug`yonlarni bildirishiga rag`batlantiring. Bola bilan dildan gaplashing. Arazining sababini ifodalashiga ko`maklashing, yuz, ko`ziga diqqat bilan razm soling. Hohishlarini og`zaki ifodalashiga yordam bering. Farzandingizdagi ta'sirchanlikni so`ndirishga harakat qilmang. Kerak vaqti o`z hissiyotlarini tashqariga chiqarishga imkon yarating. So`ng o`tirib, bafurja gaplashing. Bolani sabr bilan eshitishga o`rganing. Maslahat, tanbeh berishga shoshmang. Avval quloq soling. Ba'zan "seni tushunaman. Menda ham shunday bo`lib turadi", deyishning o`zi ham kifoya qiladi. Avval vaziyatni to`liq tushunib oling, so`ng tushuntiring. Bolaga ola-bo`ji aslida yo`qligini ming tushuntirmang, baribir ulardan qo`rqsa, bu barcha harakatlaringiz zoye ketdi, degani. Avval farzandingizning ishonchini qozoning, so`ng mantiqiy va'zni boshlash mumkin. Shunday tarbiya usullarini olib borsangiz, farzandingiz yaqin orada arazchilikni tashlab, optimist va xushmuomala bo`lib qolganini sezasiz. 

 

Maqola amaliyotchi ruhshunos bilan hamkorlikda tayyorlangan.

To Top ↑
To Top ↑