x

Ehtiyojlarning bir qismi tabiiy boʻladi. Inson tugʻilishi bilan maʼlum narsalarga ehtiyoj paydo boʻladi va bu ehtiyojlarni biz tabiiy ehtiyoj deb ataymiz. Bu ehtiyojlarning qondirilmasligi, albatta, uning hayotini xavf ostida qoldiradi va oqibatda uning hayot bilan vidolashishiga olib kelishi mumkin. Tabiiy ehtiyojlarga nafas olish, ovqatlanish, suv ichish, uxlash va hojat kabi ehtiyojlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Tabiiy ehtiyojlar

Ehtiyojlarning yana bir qismi esa inson dunyoga kelishi bilan paydo boʻlmaydi. U ulgʻaygan sari yuzaga chiqadi. Bu ehtiyojlar aksariyat holatlarda har bir boʻlada turlicha boʻlishi mumkin. Baʼzi ehtiyojlar umr davomida insonning ijobiy, salbiy odatlari orqasidan paydo boʻladi. Misol uchun, sigaret chekish, aslida tabiiy ehtiyoj emas. Agar kishi maʼlum bir vaqt sigaret  chekib yursa, vaqt oʻtgan sari bu uning uchun odatga, bora-bora  esa ehtiyojga aylanib ulguradi. Xuddi shunday, chips isteʼmol qilish, turli gazli ichimliklar ichish, spirt- li ichimliklar isteʼmol qilish ham tabiiy ehtiyoj emas, lekin ularga surunkali ravishda odatlangan insonlar  uchun bu narsalar ehtiyojga aylanib qoladi. Yuqoridagi kabi odatlarni koʻplab sanash mumkin. Zoʻravonlik qilish inson uchun tabiiy ehtiyoj emas. Faqat ukasining oʻyinchoqlarini zoʻravonlik bilan oʻziniki qilib olishga odatlangan bola uchun bu harakat asta-sekin odat va ehtiyojga aylanib qoladi. Televizor tomosha qilish, internet va kompyuter bilan shugʻullanish ham aslida tabiiy ehtiyoj emas, lekin bola bu narsalar bilan shugʻullanishni kuchaytirsa bu odatlar toʻgʻridan-toʻgʻri bolaning ehtiyojiga aylanadi. Ehtiyojlarning qaysi turi boʻlishidan qatʼi nazar ular kishiga emosional yoki ruhiy bosim oʻtkazadi. Bu bosim esa baʼzi hollarda kishini agressiv- lik (tajovuzkorlik), baʼzi hollarda zoʻravonlikka chorlaydi. Bu nuqtai nazardan olib qarasak, bunday agressiv harakatlar ehtiyojlar oldidagi toʻsiqlarni yoʻq qilish uchun qilingan urinishlar hisoblanadi. Masalan, televizor koʻrishga qattiq odatlangan bola uchun televizor koʻrish bora-bora hayotining bir parchasiga aylanib qoladi. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, ehtiyojlarni qondirmaslik kishida ruhiy bosim hosil qiladi. Agar televizor koʻrishga mukkasidan ketgan bolaga, “koʻp televizor koʻrayapsan" deb dakki berish yoki televizorni oʻchirib qoʻyish unga umuman yoqmaydi. Bu holatda u oʻz noroziligini turli harakatlar bilan koʻrsatadi va hatto uyda janjal koʻtarishgacha boradi. Lekin shu oʻrinda bir narsani yoddan chiqarmasligimiz kerak. Bola bu narsalarni atayin qilmaydi. Zero bolaning miyasiga toʻxtovsiz uzatib turilgan televizor signallari, ovoz va nur effektlari bola uchun ehtiyojga aylanib ulgurgan va u bu ehtiyojni qondirish uchun kurasha boshlaydi.

Bu umumiy qoidani bolaning barcha harakatlari uchun umumlashtirishimiz mumkin.  Kola ichish bolaning  sogʻlom ulgʻayishida deyarli hissasi boʻlmagani holda, farzandini  xafa qilmasligi uchun toʻxtovsiz kola olib bergan ota-ona bir bir kun kelib unga bu borada tanbeh bersa, farzandining jiddiy eʼtirozi bilan yuzma-yuz boʻlib qolishini oʻylashi kerak.

Yuqorida keltirib oʻtilgan misollarimiz bolalardagi salbiy harakatlar haqida boʻlsa, quyida keltiriladigan baʼzi harakatlarning odat holatiga keltirish foydali ehtiyojga aylanishi mumkin.

Bola kichikligida toza yurishga umuman qiziqmaydi, uning bunga ehtiyoji ham boʻlmaydi. Hattoki, baʼzi maktab oʻquvchilari ham ertalab yuzini yuvishga ham erinadi. Faqat ozodalik va tartib oila ichida qatʼiy yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, vaqt oʻtgan sari bunday bolalarda ozodalik, tartib-intizom, olijanoblik bola uchun ehtiyojga aylanadi. Yaʼni qoʻli toza boʻlmasa, xotirjam ovqatlana olmaydi, toki qoʻlini yuvib kelmaguncha bezovta boʻlaveradi. Oʻz xonasi tartibsiz tursa, xotirjam vazifasini bajarolmaydi, uxlay olmaydi. Hattoki, unga bu borada qarshilik boʻlsa ham, xonasini tartibga solish uchun kurashadi. Tabiiy ehtiyojlar haqida soʻz borganda, quyidagilarni aytib oʻtish joiz. Tabiiy ehtiyojlar bola tugʻilishi bilan paydo boʻladi. Hattoki, unga bu borada qarshilik boʻlsa ham, xonasini tartibga solish uchun kurashadi. Tabiiy ehtiyojlar haqida soʻz borganda, quyidagilarni aytib oʻtish joiz. Tabiiy ehtiyojlar bola tugʻilishi bilan paydo boʻladi. Bu ehtiyojlar barcha bolalar uchun deyarli bir xil. Himoyalanish, ishonch ehtiyoji bola uchun juda muhim hisoblanadi. Bola onasi ketib qolsa, bezovtalanadi va yigʻlay boshlaydi. Bu bezovtalikni yigʻini biz yuqorida aytib oʻtilgan ehtiyojning qon dirillamasligi oqibatida kelib chiqqani bilan izohlashimiz mumkin. Uning bu ehtiyojini qondirish uchun ona chaqaloq yoniga qaytsa u yigʻidan toʻxtaydi, boshqacha qilib aytganda ehtiyoji qondirilgan boʻladi.

To Top ↑
To Top ↑