x

Shubhasiz, yaqinda ona bo‘lgan ayolning tashvishlari juda ko‘p: yangi turmush tarzi, yangi vazifalar, “yangi” bolakay. Bu yangiliklardan bosh aylanishi turgan gap. Yaxshi hamki, pediatrlar, onalar uchun uchun mo‘ljallangan qo‘llanma kitoblar, so‘rasangiz-so‘ramasangiz, maslahatga shay turgan yaqinlaringiz bor. Ulardan xohlagan paytingizda maslahatlar va savollaringizga javoblar olishingiz mumkin. Lekin, savol tug‘ilganda, qaysi paytda kimga murojaat qilgan ma’qul? “Bolalar shifokoriga murojaat qilishga hech qachon tortinmang, lekin bundan oldin kitob varaqlab ko‘rsangiz ham zarar qilmaydi,” — deya maslahat beradi san-diyegolik pediatr Resham Batra. Uning fikricha, pediatr savolingizga javob berish bilan birga, siz uchun foydali bo‘lgan bir qancha maslahatlarni ham beradi. Quyida ana shunday maslahatlar bilan tanishib chiqamiz.

Emizish muddati haqida

“Amerika Pediatriya Akademiyasi bolani emizish muddatini aniq belgilamaydi. Bir yoshdan keyin bola ozuqa moddalarini qo‘shimcha ovqatlardan oladi. Qachonki, emizish bolaning muloqotga kirishishiga va harakatchanligiga xalaqit bera boshlasa, uni to‘xtatish mumkin”, — deydi doktor Resham Batra.

Tagliklar haqida

Doktor Batraning fikricha, qimmat tagliklar arzonlaridan afzal, deb bo‘lmaydi. Hamma tagliklar bir xil, faqat, bola terisini qitiqlab, yallig‘lanish chaqirmasa bo‘ldi.

Internetdan ma’lumot olishni yaxshi ko‘radigan onalarga

Doktor Batra ogohlantiradi: internetdan savolingizga javob qidirayotganda ehtiyot bo‘ling! Bunda ma’lumotni berayotgan manbaning ishonchli bo‘lishi juda muhim. Noto‘g‘ri ma’lumotni to‘g‘risidan ajratish mutaxassis bo‘lmagan odam uchun qiyin.

Rezina so‘rg‘ichlar haqida

Doktor Resham Batra rezina so‘rg‘ichlardan qo‘rqmaslikni tavsiya etadi. Uning fikricha, rezina so‘rg‘ichlar har doim ko‘krak emishni xohlagan bolani tinchlantirishga yordam beradi, buning ustiga, so‘rg‘ich chaqaloqlarning bexosdan o‘lishi sindromi xavfini kamaytiradi, degan ma’lumotlar bor. Faqat uni bolaning qorni ochganda bermagan ma’qul, aks holda, bola kam hajmli ovqat qabul qilishga o‘rganib qoladi, deydi Batra.

Bolaning ovqatlanish idishlari va buyumlari haqida

Doktor Batra yana bir narsaga e’tibor qaratishni so‘raydi. Bola uchun ishlatiladigan oshxona buyumlari alohida bo‘lishini ta’minlang. O‘zingizning qoshig‘ingizda bolaga ovqat bermang. Chunki bu buyumlar orqali o‘zingizda mavjud bo‘lgan mikroblarni bolaga yuqtirasiz. Bu masalada ortiqcha ehtiyotkor bo‘lgan zarar qilmaydi.

To Top ↑
To Top ↑