x

Maktab davrini qamrab olgan ushbu yillarda bolalar o‘z dunyoqarashini kashf qila boshlaydi.Psixoanalitik Erik Erikson “muvaffaqiyatga nisbatan kamsitish tuyg‘usi” deya nom bergan mazkur davrda bola maktab, uy va tengdoshlari muhitida qo‘lga kiritgan tajribalar natijasida o‘zini muvaffaqiyatli deb biladi, yoki yomon sinovlarni boshidan o‘tkazgan bo‘lsa, o‘zini omadsiz va salohiyatsiz his qiladi. Tengdoshlari orasida joy topa olmaganda esa yerga urilgan deb hisoblaydi. 

Ushbu davr bolalarning nozik va qo‘pol xatti-harakatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. O‘g‘il bolalarda erkak kishiga xos harakatlar (yugurish, tirmashib chiqish, velosiped haydash va hokazo) ko‘proq rivojlansa, qiz bolalarda noziklik, nazokatli harakatlar (ruchka ushlash, yozishni o‘rganish, oyoq kiyimini ipini bog‘lash, kiyimlarni taxlash, rasm chizish, idishlarni joylash va hokazo) oldingi safga o‘tadi. 

Ayniqsa, o‘g‘il bolalar qiz bolalarga qaraganda serharakat va faol bo‘lishadi. Shuning uchun uzoq vaqt bir joyda o‘tirishga, sinfda o‘tirishga qiynaladi, diqqati tarqoq bo‘lganiga qiz bolalarga nisbatan o‘zlashtirishda kamrooq yutuqqa erishishi mumkin. Yozuv yozish ko‘nikmasi qiz bolaga nisbatan sekin rivojlangani uchun bu masalada unchalik xohish bildirmaydi, yozishga erinadi va yozuvi ko‘pincha xunuk bo‘ladi. 

Bolalarni 6-12 yoshda yaxshi parvarishlash va jismoniy mashqlarga o‘rgatish ham muhimdir, chunki mazkur davrda ilk semizlik orttirilishi mumkin. Bolalar sog‘lom parvarish qilinishi va bunga ko‘nikma hosil bo‘lishi, o‘z tanasi va salomatligi borasida mas’uliyatni his qilishi lozim. Noto‘g‘ri ovqatlanish ham o‘qish ko‘rsatkichlariga ta’sir qila oladi. Bola nonushta qilib maktabga ketishning ahamiyatini idrok qila olmasa, to‘yimli va vitaminlarga boy yeguliklar bilan ovqatlanmasa, miyyasi yaxshi rivojlana olmaydi.

Mazkur davr shveysariyalik psixolog Jan Piaje tomonidan “aniq muomila davri” deb nomlangan. Sababi bu davrda bola mahvum narsalarni o‘ylay olmaydi, mavhum tushunchalarni idrok qilishga qiynaladi. 

Mazkur yosh oralig‘ida duch kelgan eng katta muammo 6-7 sinfga o‘tganda murakkab mavzularni hali ham sodda mavzular kabi qabul qilish bo‘ladi, shuning uchun birdan baholar pasayib ketishi kuzatiladi. Chunki “aniq tushuncha davri” ga sakrab o‘ta olmayotgan bo‘lishadi.

Biroq mazkur davrda boladagi diqqat-e’tbor kuchayadi, o‘z ichki dunyosiga qiziqa boshlaydi. Shuning uchun ham bu davrda oilada haqoratli so‘zlarni eshitmasligi g‘oyat muhim, agar shunday bo‘lsa o‘z meni yerga uriladi, muvaffaqiyat tuyg‘usini his qilolmay, o‘zini yerga urilgan his qiladi. 

Nima qilish kerak?

"Agar o‘xshamasa, yana urinib ko‘r" 

"Sen biz uchun qadrlisan" 

"Bu ishing judayam yaxshi bo‘libdi" 

"Rasmni yaxshi chizibsan" kabi qo‘llov iboralari bilan motivatsiya berish, taqdirlash, o‘zi uchun xizmatlarni bajarishi(o‘zi kiyinishi, kiyimlarini taxlashi va h.k), uy ishlariga yordam(mas’uliyatni his qildiradi), boshqa tengdoshlari bilan taqqoslamaslik, tarbiyalayman deb yomonlikni misol keltirmaslik.

To Top ↑
To Top ↑