x

Ona har bir o’g’il farzand hayotidagi birinchi ayol. U uchun o’z onasi ideal ayol obrazida bo’ladi. Ulg’aygach o’g’il farzand o’ziga juft tanlayotganida aynan onasiga o’xshagan xususiyatlari (tashqi ko’rinishi yoki harakteri) bor bo’lgan ayolni tanlashga harakat qiladi.

Onaning shartsiz muhabbati o’g’il bolaga o’ziga ishonch va muhim ekanlik hisini beradi.

Ona bilan munosabat erkakning:

- Ishonch tuyg’usiga (boshqalarga, dunyoga nisbatan ishonch)
- Ayol kishi bilan munosabat qura olishiga
- Munisabatlarda o’z vazifasini (burchlarini) bajara olishiga
- Muhabbatga bo’lgan ehtiyoji qoniqishiga
- Umuman ayollarga nisbatan munosabatiga
- Keraklilik hisiga ega bo’lishiga
- Tan olinganlik, tasdiqlanganlik  hisiga ta’sir qiladi.

Ota tashqi dunyoga chiqishi, tan olinishiga ta’sir qilsa, ona ichki dunyo (oilada) tan olinishiga sababchi bo’ladi.

Erkak o’z oilasida tan olinsa, tashqi dunyoda ham tan olinishiga shubha qilmaydi. Ayoli bilan munosabat yaxshi, uyida hotirjamlik bor bo’lishi erkak kishini tashqi dunyoga chiqqanida katta natijalarga erisha olishiga ta’sir qiladi

- Agar ona bolasini yoshligida ko’p (keragidan ortiq) erkalatgan bo’lsa, faqat uni aytgani qilingan bo’lsa, u katta bo’lganida o’ziga ikkinchi ona qidiradi.

- Agar ona o’g’lini maqtamagan, o’g’il uchun hayotda muhim o’rin egallashini tasdiqlamagan bo’lsa, bu o’g’il katta bo’lganida tan olinish, tasdiq olish uchun keragidan ortiq ma’suliyat olishi, keragidan ortiq boshqalar uchun harakat qiladigan bo’lishi mumkin

- Agar ona qattiq qo’l bo’lgan bo’lsa, bolasini eshitmagan, tan olmagan, nima qilish kerakligini uqtirib kelgan bo’lsa, bunday erkaklar mustaqil fikr yuritishga qiynalishi, onasidan ko’rmagan hurmatni, mehrni ayolidan kutishi, talab qilishi kuzatiladi

‼️ Agar o’g’il bola onasidan yetarlicha mehr, e’tibor, tan olinish, keraklilik va hurmat hisini ololmasa, katta bo’lganida buni juftidan kutadi. Hatto juftini o’zgartirishi yoki 2-ayolga ham uylanishi mumkin. Lekin bu bo’shliqni ayol ideal bo’lsa ham to’ldira olmasligi mumkin.

© Nargiza Matmurodova

To Top ↑
To Top ↑