Chaqaloqlar yig`isini to`xtatishga nima yordam beradi?
Yaponiyalik tadqiqotchilar yig`layotgan chaqaloqni uxlatish uchun 13 daqiqalik texnikani taklif qildilar.
Ularning tavsiyasiga ko`ra, chaqaloqni ko`tarib, 5 daqiqa piyoda yurish lozim. Bunda chaqaloqlar yurak urish tezligi pasaygan, yig`lashdan to`xtagan. Qizig`i shundaki, aravachada sayr qildirish yoki chaqaloqni ushlab o`tirish kabi boshqa harakatlar bunday natija bermagan.
Tinchlangan yoki uxlab qolgan chaqaloqni 8 daqiqa ushlab o`tirish tavsiya qilingan. Bu birdan onaning bag`ridan ajralgan chaqaloqni uyg`onib ketmasligi uchun muhim deb ta'kidlaganlar. Ushbu maqola Amerika Pediatriya Akademiyasi tomonidan e'lon qilingan.