Nike kompaniyasi mahsulotlar taqdimotiga o‘zgacha yondashishi, ularning ekologiya va insonlar hayotiga ta’siri haqida qayg‘urishini ko’pchiligimiz bilamiz.
Yaqinda Nike Portlenddagi OHSU Doernbecher bolalar kasalxonasida bemorlarning dizayni aks etgan yangi krossovkalarni taqdim etdi.
Olti nafar bola professionallar jamoasi bilan birga Air Jordan III, Nike Dunk High, Nike Go FlyEase, Nike ACG Mountain Fly 2 Low, Nike Cortez va Nike Air Max 1 '86 yangi versiyalari ustida ishlagan. Har kim o‘z didi, sevimli mashg‘ulotlariga ishora qilib va shunchaki sevimli ranglari bilan bog‘liq dizayn detallarini qo‘shish imkonidan foydalangan.
Savdodan tushgan barcha daromadlar shifoxonani qo‘llab-quvvatlash uchun uning hisobiga o‘tkaziladi. Nike va OHSU Doernbecher hamkorligi 20 yildan beri davom etmoqda va shu davrda kasalxona uchun 33 million dollardan ko‘proq pul yig‘ishga muvaffaq bo‘lishgan.
Quyida bolajonlar tomonidan Nike krossovkalari uchun tayyorlangan dizaynlar bilan tanishishingiz mumkin.