x

Ota-ona farzandlarini bolalikdanoq go`zal xulqli, odob-axloqli qilib tarbiyalashi, ular zimmasidagi farzlardan biridir. Abdullox ibn Umar (roziyallohu anhu): "Farzandingga odob ber! Chunki sen u xaqida so`ralursan. Nima odob berdingu, nimani ta'lim berding? U ham senga qilgan yaxshiligi va itoati haqida so`ralur", - deganlar. Islomda ota-ona va farzand haqlari

"Ota o`z bolasiga chiroyli odobdan ko`ra yaxshiroq narsa bera olmaydi" (Imom Termiziy rivoyati). Bola ulg`ayib, mustaqil ovqatlanishni boshlagach, unga taomni "Bismillah" bilan boshlash, o`ng qo`l bilan eb-ichish, lukmani kichikrok olish, taomlanib bo`lgach "alhamdulillax" deyish va boshka shu kabi odoblarni o`rgatish lozim bo`ladi. Shuningdek, o`g`il farzandlarni er kishiga, kiz farzandlarni ayol kishiga xos kiyim kiyishga odatlantirish lozim. Faqihlarimiz tilla va ipak matolar er kishi uchun joiz emasligidan kelib chiqib, o`g`il bolaga yoshligidanoq mazkur buyumlardan foydalanish makruh ekanini o`qtirib borishni aytganlar.

Ota-ona ham go`zal axlohli, og`ir-vazmin, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo`lishi, qisqa qilib aytganda so`zi amaliga zid bo`lmasligi lozim.

Farzandda biror axloqsizlik kuzatilsa, bu holatni ota-ona yoki ustoz bolaning holatidan kelib chiqib, yaxshi gap bilan tushuntirishi, kerak bo`lsa jiddiyroq chora ko`rish orqali bo`lsa ham tezda tartibga, tarbiyaga chakirishi zarur.

Ota-ona farzandiga odob o`rgatishiga oid ba'zi tavsiyalar:

- salomlashish odobini o`rgatish;

-ovkatlanish odobini o`rgatish;

-bolaning badani, kiyimi va atrof-muhitni toza tutishga o`rgatish;

-gapirganda faqat yaxshi so`zlarni gapirishga o`rgatish;

- yolg`on va xayosiz so`zlardan tilni tiyishga odatlantirish;

- ota-ona va ustozlar huzurida odob saklashni o`rgatish;

- ota-onaning uyi (xonasi)ga izn so`rab kirishga o`rgatish;

-kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo`lishni o`rgatish; qarindosh-urug`lar bilan qarindoshlik rishtalarini uzmaslikka o`rgatish;

- yo`l qoidalariga amal qilishni, yurganda - xotirjam, viqor bilan yurishni o`rgatish;

- yaxshi do`st tanlashni o`rgatish;

- rostguylik, omonatdorlik, pokizalik, saxiylik, kechirimlilik va mexribonlik kabi go`zal fazilatlarni singdirish;

- hasad, g`iybat, xudbinlik, dushmanlik, chaqimchilik, o`g`rilik kabi illatlardan saqlanishni o`rgatish.

Yukorida keltirilgan tavsiyalarni ota-onalar farzandlariga bosqichma-bosqich o`rgatganlari ma'qul, qolaversa, bu tadbirlar uzoq vaqt talab etadigan jarayondir. Shuning uchun ota-onalarning o`zlari ham ruhan ham jismonan tayyor bo`lishlari lozim.

To Top ↑
To Top ↑