x

Ona! Kanday go`zal kalima! Qaysi tilda aytilsa, aytilsin.... «Ona» der ekanmiz, ich-ichimizda bir xuzur va muhabbat paydo bo`ladi. Ona bo`lish osonmi? Kim ona kabi seva oladi? Kim onadek qo`riqlaydi? Eng ishongan eshiklaringiz siz uchun to`satdan yopilsa ham, onaning eshigi hech qachon yopilmaydi. Ovozini balandlatishi mumkin, jahl qilishi mumkin, balki sizga og`irroq tuyuladigan gaplar aytishi mumkin, lekin ularning farzandlariga bo`lgan muxabbati tugamaydi. Ona shunday borliqki, har qanday mavjudot onalik xislati bilan o`sha shafqat, o`sha marhamatni olib yuradi. Insonlardan tortib, yirtqich hayvonlargacha ona o`zgarmas bolalarini injitmas, farzandlarining hayotini go`zal kilish uchun qo`lidan nima kelsa kiladi. Bir sirtlon o`tkir tishlari orasida bolasini olib yurarkan, bolalarini xavfdan asrashi bilan onalik tuyg`usining naqadar hassos bir his ekanligini kursatadi bizga. Ona marhamat to`la bir qalbdir. O`zi kon qussa-da bolasiga buni sezdirmaydi. Og`riqlarini ichiga yutadi. Dunyoni esa bolalariga go`zal ko`rsatadi.

Bolalar tarbiyasida onalarning ta'siri kattadir. Chunki bola ona bilan ulg`ayadi. Onaning tarbiya maskani zararga yo`liqsa, nasllarda o`nglanmaydigan yaralar ochiladi, onani yo`qotgan jamiyat kelajagini yo`qotadi. Farzandning ilk tarbiya makoni onaning ko`ksidir. Har yurak urishida go`dagiga bo`lgan mehr mavjlanarkan, u onasi bilan birgalikda sekin-asta tarbiya topa boradi. Afsuslar bilan aytishimiz mumkinki, ishlaydigan ona farzandi bilan to`liq shug`ullana olmaydi. Vaholanki, uning o`zi farzandining kelajagi uchun ishlashini da'vo qiladi. Aslida uning farzandidan ayro kolgan har bir daqiqasi xuddi bir yilni ko`ldan boy bergandek ahamiyatlidir. Farzand endi onaning emas, boquvchisining, o`qituvchisining yonida ulg`ayayotgan bir xulq bilan katta bo`lmoqda. Maqsadimiz enagalarni yoki o`qituvchilarni koralash emas. Aytmoqchi bo`lganimiz, agar enaga yoki o`qituvchi yaxshi axloq egasi bo`lmasa, u bolada o`z izini qoldiradi. Buni esa  hech kaysi ona istamasligi aniq. Bugungi kun onalarini bu qiyin vaziyatdan xalos qilish zarur. Onalar bolalarining go`zal tarbiya olishi va sog`lom kelajaklari uchun o`zlarida ishlash majburiyatini his kilmasligi lozim. Gohida hayotda boshimizga tushgan turli musibatlar sababli ona bolalarini tashlab, ishlashga majbur bo`lishi mumkin. Faqat turmush o`rtog`ining maoshi etarli bo`lsa-da, turli feministik qarashlar bilan O`z kuchi bilan erishgan, uddaburon va ishbilarmon ayol» kabi so`zlarga uchib, bolalarini bog`chalarga tashlab ko`ymasinlar. Hech qachon bolalaringizni bu yoshda kaytib topa olmaysiz, bag`ringizga bosib erkalay olmaysiz, o`z qo`llaringiz bilan bir gul kabi ulg`aytira olmaysiz. Bu lahzalar takrorlanmasdir.

Uch pullik dunyo manfaatlariga erishaman bolalarimizni begona kullarga bolamizning haqqi deb, topshirmaylik. Kar'era yarataman deb, uning izidan kuvib, bulgan vaktlarni o`z hislarimizga qurbon qilmaylik. Farzandlarimizning sog`lom va baxtiyor ulg`ayishini sotib oladigan hech qanday pul, hech qanday boylik bu dunyoda yuk. Ona uydagi g`amxo`r kishi bo`lsa, ota u uyning boshidir. Uyning moddiy va ma'naviy javobgarligi otaning zimmasida. Uning vafoti bilan ham farzandlar, ham ona qiynaladi. Yoshlikda beva kolgan ona uchun ishlar avvalgidek oson kechmaydi: u xam ona, ham ota bo`ladi. Na onalikni nuksonli qiladi, na bolalariga otasizlikni sezdiradi. Balki shu tufayli jannat onalar oyog`i ostiga to`shalgandir.

Janozaga borganingizda guvoh bo`lgandirsiz, imom janozada kishining ismini onasining ismi bilan tilga oladi: «Hadija o`g`li falon» deya. Chunki insonning otasi kimligi aniq bo`lmasligi mumkin, -lekin onasining kimligi ravshan bo`ladi.

OLIM YeTIShTIRGAN ONALAR

To Top ↑
To Top ↑