x

Nafaqat bir oila, balki er sayyorasidagi har bir mamlakatning gullab-yashnashi, undagi yashovchi xalqlarning farog`ati ham shak-shubhasiz ta'lim va tarbiya tufaylidir.

Axloqiy tarbiya – odam axloqini kamolga etkazish demakdir. Ya'ni odamni shunday tarbiya qilish kerakki, fe'li va amali o`ziga ham, boshqalarga ham foydali va manfaat keltiradigan bo`lsin. Boshqacha aytganda, odamning fe'li va harakatida yaxshi fazilatlarni tarbiyalash lozimdir. Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi yangi bosqichi oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanishning zamonaviy mezonlarini o`rtaga tashlamoqda. Bu mezonlar vatanparvarlik, milliy g`urur, milliy ong, milliy o`z-o`zini anglash, milliy tafakkur, milliy tarbiya kabi tushunchalarda o`z ifodasini topgan bo`lib, ular tarbiya jarayonining bugungi kunda rivojlanishi uchun muayyan tarzdagi bir maqsadga qaratilganini ta'minlaydi.

Bir faylasuf "Agar biz butun dunyoda tinchlik o`rnatishni istasak, ishni bolalar tarbiyasidan boshlashimiz zarur" degan edi. Darhaqiqat, har qanday islohot yoki o`zgarishlarni amalga oshirish uchun avvalo, bolalar tarbiyasi, ta'limi va odob-axloqi bilan shug`ullanish talab etiladi.

Shunday ekan, har bir ota-ona farzandining etuk inson bo`lib voyaga etishini, kelajakda jamiyat uchun foydali shaxs sifatida shakllanishini xohlasa, unga yoshligidan odob-axloq, ta'lim va tarbiya masalasida e'tiborli bo`lmog`i lozim.

To Top ↑
To Top ↑