x

Chaqaloqlar dunyoga kelganida yiglab sokin tug`iladilar, chunki o`zlari moslashgan makondan shovqinli tashqi dunyoga tashrif buyurishadi. Yangi muhitga moslashmagan chaqaloq tinmay yiglaydi, toki onasining ko`ksiga etishmaguncha. Ona bilan go`dak orasidagi ilk uchrashuv mexr-muhabbat bilan boshlanadi. Bolaning onasidan ilk o`rgangan narsasi mehr, shafqat hissi bo`ladi. Chaqaloq butun borlig`i bilan onasiga talpinadi. Ko`zlari onasini axtaradi, quloqlari onasining shirin ovozini, burni onasining o`xshashi yo`q hidini izlaydi. Onadan bolani ayirish shuning uchun ham ulkan gunohdir. «Oila tarbiya o`chog`i» deya juda ko`p ta'kidlanadi. Bola o`rganishi kerak bo`lgan nimaiki bo`lsa, onasi bilan o`rganadi. Bola onaning har bir xatti-harakatini diqqat bilan kuzatadi. Onaning to`g`ri degani to`g`ri, noto`g`ri sanagani bola nazdida ham noto`g`ri qabul qilinadi. Shu bois endi ona uz xarakatlari va so`zlariga diqqat qilishi lozim bo`ladi. Bolalarimizning dunyo va oxirat hayotiga bog`lik bilimlarga ona mehru muhabbati bilan berilishi eng go`zal tarbiya shakli bo`lajak.

 

«Olim etishtirgan onalar» kitobidan

To Top ↑
To Top ↑