Extiyojlarning bir qismi tabiiy bo`ladi. Inson tug`ilishi bilan ma'lum narsalarga extiyoj paydo buladi va bu ehtiyojlarni biz tabiiy ehtiyoj deb ataymiz. Bu ehtiyojlarning qondirilmasligi, albatta, uning hayotini xavf ostida qoldiradi va oqibatda uning hayot bilan vidolashuviga olib kelishi mumkin. Tabiiy ehtiyojlarga nafas olish, ovqatlanish, suv ichish, uxlash va hojat kabi ehtiyojlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
TABIIY EHTIYoJLAR
Ehtiyojlarning yana bir qismi esa inson dunyoga kelishi bilan paydo bo`lmaydi. U ulg`aygan sari yuzaga chiqadi. Bu ehtiyojlar aksariyat holatlarda har bir bolada turlicha bo`lishi mumkin. Ba'zi ehtiyojlar umr davomida insonning ijobiy, salbiy odatlari orasidan paydo bo`ladi. Misol uchun, sigaret chekish, aslida tabiiy ehtiyoj emas. Agar kishi ma'lum bir vaqt sigaret chekib yursa, vaqt o`tgan sari bu uning uchun odatga, bora-bora esa extiyojga aylanib ulguradi. Huddi shunday, chips iste'mol qilish, turli gazli ichimliklar ichish, spirtli ichimliklar iste'mol qilish ham tabiiy ehtiyoj emas, lekin ularga surunkali ravishda odatlangan insonlar uchun bu narsalar ehtiyojga aylanib qoladi. Yuqoridagi kabi odatlarni ko`plab sanash mumkin. Zuravonlik qilish inson uchun tabiiy ehtiyoj emas. Faqat ukasining o`yinchoklarini zo`ravonlik bilan o`ziniki qilib olishga odatlangan bola uchun bu harakat asta-sekin odat va ehtiyojga aylanib koladi. Televizor tomosha qilish, internet va komp'yuter bilan shug`ullanish ham aslida tabiiy ehtiyoj emas, lekin bola bu narsalar bilan shug`ullanishni kuchaytirsa bu odatlar to`g`ridan-to`g`ri bolaning ehtiyojiga aylanadi. Ehtiyojlarning qaysi turi bo`lishidan kat'i nazar ular kishiga emotsional yoki ruhiy bosim o`tkazadi. Bu bosim esa ba'zi hollarda kishini agressivlik (tajovuzkorlik), ba'zi hollarda zo`ravonlikka chorlaydi. Bu nuqtai nazardan olib qarasak, bunday agressiv harakatlar ehtiyojlar oldidagi to`siqlarni yo`q qilish uchun qilingan urinishlar hisoblanadi. Masalan, televizor ko`rishga qattiq odatlangan bola uchun televizor kurish bora-bora hayotining bir parchasiga aylanib koladi. Yuqorida aytib o`tganimizdek, ehtiyojlarni qondirmaslik kishida ruhiy bosim hosil qiladi. Agar televizor ko`rishga mukkasidan ketgan bolaga, "ko`p televizor ko`rayapsan" deb dakki berish yoki televizorni o`chirib kuyish unga umuman yoqmaydi. Bu holatda u o`z noroziligini turli xarakatlar bilan ko`rsatadi va xatto uyda janjal ko`tarishgacha boradi. Lekin shu o`rinda bir narsani yoddan uchiqarmasligimiz kerak. Bola bu narsalarni atayin kilmaydi. Zero bolaning miyasiga to`xtovsiz uzatib turilgan televizor signallari, ovoz va nur effektlari bola uchun ehtiyojga aylanib ulgurgan va u bu ehtiyojni kondirish uchun kurasha boshlaydi.
Bu umumiy qoidani bolaning barcha harakatlari uchun umumlashtirishimiz mumkin. Shu sababli ota-onalar farzandlariga bir imkoniyat yaratishayotganda buning ularning jismonan va ma'nan sog`lom ulg`ayishlariga bir vosita ekani yoki emasligiga diqqat qilishlari kerak bo`ladi. Kola ichish bolaning sog`lom ulg`ayishida deyarli hissasi bo`lmagani holda, farzandini xafa qilmasligi uchun to`xtovsiz kola olib bergan ota-ona bir kun kelib unga bu borada tanbeh bersa, farzandining jiddiy e'tirozi bilan yuzma-yuz bo`lib qolishini o`ylashi kerak.
Yuqorida keltirib o`tilgan misollarimiz bolalardagi salbiy harakatlar haqida bo`lsa, quyida keltiriladigan ba'zi harakatlarning odat holatiga keltirish foydali extiyojga aylanishi mumkin.
Bola kichikligida toza yurishga umuman qiziqmaydi, uning bunga ehtiyoji ham bo`lmaydi. Hattoki, ba'zi maktab o`quvchilari ham ertalab yuzini yuvishga ham erinadi. Fakat ozodalik va tartib oila ichida qat'iy yo`lga qo`yilgan bo`lsa, vaqt o`tgan sari bunday bolalarda ozodalik, tartib-intizom, olijanoblik bola uchun ehtiyojga aylanadi. Ya'ni qo`li toza bo`lmasa, xotirjam ovqatlana olmaydi, toki qo`lini yuvib kelmaguncha bezovta bo`laveradi. O`z xonasi tartibsiz tursa, xotirjam vazifasini bajarolmaydi, uxlay olmaydi. Hattoki, unga bu borada karshilik bo`lsa ham, xonasini tartibga solish uchun kurashadi. Tabiiy ehtiyojlar haqida so`z borganda, quyidagilarni aytib o`tish joiz. Tabiiy ehtiyojlar bola tug`ilishi bilan paydo bo`ladi. Bu ehtiyojlar barcha bolalar uchun deyarli bir xil. Himoyalanish, ishonch ehtiyoji bola uchun juda muhim hisoblanadi. Bola onasi ketib kolsa, bezovtalanadi va yig`lay boshlaydi. Bu bezovtalikni, yig`ini biz yukorida aytib o`tilgan ehtiyojning qondirilmasligi oqibatida kelib chiqqani bilan izohlashimiz mumkin. Uning bu ehtiyojini qondirish uchun ona chaqaloq yoniga qaytsa u yig`idan to`xtaydi, boshqacha kilib aytganda ehtiyoji qondirilgan bo`ladi.
Huddi shuningdek ovqatlanish" ham tabiiy ehtiyoj hisoblanadi.
Bola nimani nega qiladi? kitobidan