x

Аlbatta, Qurʼoniy va nabaviy koʼrsatmalarning hammasi bu holatda faqat yumshoqlik bilan, yaxshilik bilan inkor etish lozimligini koʼrsatadi.
Inkor etish deganda faqat jahl yoki isyon tushunilmaydi. Yumshoqlik, yaxshilik va tabassum bilan inkor etish lozim. Bu holatda buyuk imomlarimizdan biri Imom Shofeiyning aytganlarini misol keltirsak, mavzu yanada oydinlashadi.
Hazrati imom Shofeiydan soʼradilar: «Farzand ota-ona bilan xusumatlashsa, yaʼni xusumat kayfiyatida gaplashsa boʼladimi?» Shunda imom Shofeiy: «Nima deyapsizlar? Ota-ona bilan xusumatlashish-a? Аslo! Ota-onaning oʼzi tugul, hatto ularning kavushi bilan ham xusumatlashish mumkin emas», – dedilar.
«Kimki oʼzi haq boʼla turib, ota-onasi nohaq boʼlsa va ota-onasiga oʼzining haqligini isbotlash maqsadida hujjat keltirsa, farzand ota-onasiga oq boʼladi», deganlar imom Shofeiy.
Аfsuski, qancha farzandlar oʼzining haqligini isbotlash uchun ota-onasi bilan tortishadi, buning aslo keragi yoʼq.

To Top ↑
To Top ↑