x

Hamasr ulamolarimizdan biri marhum doktor Mustafo Zuhayliy oʼzining «Tafsiri Munir» degan tafsir kitobida yuqoridagi oyati karimaning tafsirini shunday keltiradi:

Ona otadan 3 karra ziyoda qilindi. Chunki 3ta ishda ona yolgʼiz boʼlgan boʼladi: homilani koʼtarish mashaqqatida, homilani dunyoga keltirish sinovida va tugʼilgan bolani 2 yilgacha uyqusini buzib emizish muddatida ona yolgʼiz boʼladi.

Ota qanchalik mehribon boʼlmasin, ayolining homiladorlikdagi azobini his qila olmaydi. Qanchalik mehribon boʼlib ayoli yonida tursa-da, tugʼruq azobini his qila olmaydi. Kechalari uygʼonib bolasining beshigini tebratsa ham, u bu ishni ona kabi mehr bilan bajara olmaydi. Onaning shu 3 ta ish orqali darajasi orttiriladi.

To Top ↑
To Top ↑