x

Ba'zida hissiyotlar bizga to`g`ridan-to`g`ri etib kelmaydi. Misol uchun, bola onasiga g`azablanganida, bu holat ongidagi muqaddas ona siymosiga duch keladi. Ongidagi «ideal ona» tushunchasiga zarar beradi.

Bu, kichkina bola uchun azob beruvchi holatdir. Bolalar rivojlanish jarayonida ota-onasini ideallashtirishga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj identifikatsiya (ijtimoiylashtirishning muhim mexanizmi) uchun zarurdir. Shu tufayli, bola onasiga jahl qilolmaydi. Buning o`rniga o`yinchoqlarini otib yuboradi, o`rtog`ini uradi, gullarni yulib tashlaydi. Ya'ni ichidagi g`azabni boshqa narsaga yoki shaxsga yo`naltirib, o`zini onasiga bo`lgan jahlining azobidan himoya qilgan bo`ladi.

Ayrim hollarda bola «ideal onasiga» dog` tushirmaslik uchun unga nisbatan salbiy his-tuyg`ularini o`ziga yo`naltiradi. Onasi jahli chiqib o`rsa, «O`zim to`polon qilgandim» yoki uni haqorat qilsa, «Men shunga loyiqman», kabi fikrlar bilan xato qilish holatini o`ziga yo`naltiradi. Hullas, bola ota-ona- ga bo`lgan salbiy his-tuyg`ularini o`ziga yo`naltirgan bo`ladi.

                                                                                                                                                                                                                                 "Men bolamni urmayman" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑