Issiq suv, isitiladigan jismlar yoki pirotexnika bolalar kuyishining keng tarqalgan sabablari hisoblanadi. Shuningdek, quyosh nurlari ta'sirida kuyish ehtimoli haqida ham unutmaslik lozim.
Ovqat pishirish paytida maxsus ehtiyot choralari:
Ovqat pishirayotganda, har doim gaz plitasi/ o`choq yoki duxovka (pishiriq tayyorlovchi moslama) yonida bo`ling va pishirilayotgan taomni hech qachon qarovsiz qoldirmang! Kastryulkalar, choynaklar, tova, qahva idishi gaz plitasi ustida turganida, ularning tutqichlarini bolaning qo`li etmasligi uchun doimo devor tomonga burib qo`yish kerak. Yana nima qilish mumkinligi quyida keltirilgan:
• Katta yoshli bolalarning gaz plitasi, mikroto`lqinli pech va boshqa isitish moslamalarini ishlatishini kuzatib boring va agar kerak bo`lsa, ulardan foydalanishni cheklang.
Iloji bo`lsa, ovqatni gaz plitaning orqa yoqish moslamasida pishiring.
• Yosh bolalar va kichkintoylar gaz plitasi/o`choq yonida yoki oshxonada bo`lmasliklari lozim!
• Hech qachon bolani va issiq suyuqlik yoki ovqat solingan idishni bir vaqtning o`zida ko`tarib yurmang!
• Hech qachon bolalar oldida issiq ovqat va suyuqliklarni qarovsiz qoldirmang!
• Bola qo`li bilan tortib olishi mumkin bo`lgan dasturxonli stolda hech qachon issiq ovqatni qoldirmang!
Issiqlik manbai ochiq bo`lgan (masalan, yoqilgan dazmol) yoki biror taom pishirilayotgan joyda yosh bolani qarovsiz qoldirmang!
• Katta yoshli bolalarga isitish moslamalarini to`g`ri ishlatishni o`rgating va agar kerak bo`lsa, ulardan foydalanishni cheklang.
Cho`milish paytida maxsus ehtiyot choralari:
• Bolalarni cho`miltirishdan oldin suvning haroratini tekshiring!
• Suv isitkichdagi haroratning balandligini cheklang termostatning balandlik - darajasini 60 °C qilib qo`ying.
• Agar bolani cho`miltirsangiz, avval sovuq suvni, keyin issiq suvni yoqing.
Farzandingizni vanna/tog`oraga qo`yishdan oldin, suvning haroratini tekshiring va hech qachon uni qarovsiz qoldirmang!
Pirotexnika bolalarga mo`ljallanmagan!
Bolalar nazoratsiz bengal chiroqlari bilan o`ynashlariga yo`l qo`ymang. Shuningdek, bolalar o`zi mustaqil otashin (petarda) va feerverklardan foydalanishiga yo`l qo`ymang!
Farzandingizni quyosh nuridan saqlang!
Farzandingizni ertalab soat 10:00 dan kechki 17:00 gacha quyosh nurlari ostida bo`lishidan saqlang. Bolalar boshini himoya qiluvchi bosh kiyimlardan (panama yoki soyabonli keng qalpoq/shlyapa), ochiq rangli kiyimlardan, shuningdek, ularning terisi uchun mo`ljallangan va ishlab chiqaruvchining ko`rsatmalariga muvofiq ishlatilishi kerak bo`lgan quyoshdan yuqori himoya qiluvchi, suv o`tkazmaydigan kremlardan foydalaning.