Kichkintoy uchun kiyim tanlashda eng muhimi - qulaylik; kiyim tanaga erkin mos tushishi va harakatni cheklamasligi kerak. Bola uzib olishi va yutib yuborishi mumkin bo`lgan ortiqcha bezaklardan saqlaning, amaliylik va ob-havoga moslikni tanlang, so`ng uslubga e'tibor bering.
Chaqaloqlar juda issiq bo`lishini yoki qatma-qat kiyinishni yoqtirmaydi. Bu ularni asabiylashtiradi. Ota-onalar o`zlari qanday kiyinsa, chaqaloqlarini ham xuddi shunday kiyintirishlari kerak. Hona harorati 18 dan 22 darajagacha, cho`milish paytida esa 24 dan 26 darajagacha bo`lishi kerak. Bolaning normal tana harorati 36,8-37,3 daraja. Agar chaqaloq juda issiq bo`lsa, harorat 37,5 darajadan oshadi. Yangi tug`ilgan chaqaloqning qo`llari va oyoqlari sovuqroq bo`lishi mumkin, bu normal holat.
Go`dakning ust-boshlari oson kiyiladigan paxtali kiyimlardan iborat bo`lishi kerak. Chaqaloq kiyinish ko`nikmalarini o`zlashtirguncha knopkali yoki boylanadigan ipli maykacha va bodilarni tanlash tavsiya etiladi. Paypoqlar juda tor bo`lmasligi va terida izlar qoldirmasligi kerak. Sizga yoqadigan tugmalar, bantik va har xil bezaklar bolangizga yomon ta'sir qilishi va ko`pincha ularni o`ynab o`tirganda uzib olib, yutib yuborishi mumkin. Ob-havo sharoitiga qarab, ayniqsa, shamol esayotgan paytda qo`lqop va bosh kiyimdan foydalaning.