Do`konlar oralab yurish bo`lajak onaning ruhiy holatini yaxshilaydi, chunki ayollar narsa xarid qilishni xush ko`radilar. Ko`zni quvontiradigan, sog`ligingizga zarar etkazmaydigan narsalarni xarid qiling.
Hozir ko`pgina sotuvchilar sizga homiladorlar uchun maxsus buyumlar va eng so`nggi urfda tikilgan liboslarni taklif qilishadi. Siz uchun mo`ljallab chiqarilgan pardoz buyumlari: tarkibida vitamin Ye bo`lgan yoki teri kengayishini kamaytiruvchi kremlar foydali xariddir. Teri kengayishi kun- dan-kun to`lishib borayotganingizdan kelib chiqadi. Uning oldini olish kerak, chunki tuqqandan keyin terining o`z holiga qaytishi qiyin bo`ladi. Yuzingizga dog tushmasligi uchun kuyoshdan ximoyalovchi kremlardan ishlating. Aktivarioz kremi esa oyoqlaringizda qon aylanishini yaxshilaydi, qon to`planib qolishi, tomir shishishining oldini oladi. Shunaqa narsalarni xarid qilish kayfiya- tingizni ko`taradi, yangi kiyim yangicha ruh beradi. Kiyimlarning qanaqasini tanlash to`g`risida keyinroq gaplashamiz.