O`zini nokulay sezish, shifokor huzuriga katnash, charchoq - bularni ko`pchilik ayollar xuddi kasallikday qabul qilishadi. Bundan tashqari, har xil dorilar, vitaminlar tavsiya qilaverib shifokor yarangizga tuz sepadi. Bir tarafdan bunga to`g`ri qaraysiz, ikkinchi tarafdan bu muammolar xech qachon tugamayotgandek tuyulaveradi.
Tushkunlikka tushmang! Shuni bilingki, homiladorlik bu - kasallik emas. Bu ayol kishi xayotiga kirib kelishi tabiiy bo`lgan baxtdir. Mumkin bo`lmagan narsalarning hammasi vaqtinchalik ekanini unutib kuymang. Charchoq bilan kurashmang, o`zingizning yangi istaklaringizga quloq tuting, boshkacha bulishdan ko`rkmang.
Parishonxotirlik
Bulajak onaning fikrlash doirasi qisqaradi, degan fikrlar unchalik ham to`g`ri emas. Ular ko`proq xayol surish, orzu qilish bilan band bo`ladi. Bola bilan yurgan odamning axvolini tasavvur qiling va ularni tushunishga harakat qilib ko`ring. Ba'zan bo`lajak onalarning ko`pchiligi shoir tabiat bo`lib qolishadi, hatto o`z ishini tashlab rasm chizishu ijod olamiga sho`ng`ib ketadilar. Qachonlardir hoxlaganu xech kirishishga ko`li tegmagan ishlarni aynan shu davrda bajara boshlaydilar va bundan lazzatlanadilar. Albatta, buning foydali tomonlari kup.