x

Hayotda hamma narsa sodir bo`lishi mumkin. Deylik, homiladorligingizni eshitgan eringizning sevinch to`la yuzlarini tasavvur qilib zavqqa to`lgansiz, ammo bunday bo`lib chiqmadi. U sizga shunchaki karab: «Endi nima qilamiz?» degan savolni berdi. Uni sovukkonlikda ayblab xafa bo`lmang. Bir oz vakt bering. Balki eringiz shoshib qolgandir, ehtimol, xavotirga tushgandir. Bir-biringizni tushunishga harakat qiling. Farzand oilangizga yangi o`zgarishlar olib keladi, eski kelishmovchiliklarni ham bartaraf etadi. Albatta, siz sevgilingizdan o`zingizni qo`llab-quvvatlashini talab qilishingiz tabiiy. Ammo, unutmang, erkak kishi xech kachon sizni o`zingizchalik his qilolmaydi,  chunki uzini sizning urningizga qo`yib ko`rishga, ya'ni «xomilador ota» bo`lib ko`rishga tasavvuri etmaydi. U korningizda yangi inson o`sayotganini kiyinchilik bilan tushunadi. Vaqtingizni ko`proq u bilan o`tkazishga, uning yonida ko`proq bo`lishga intiling. Birgalikda shifoxonaga boring, toza xavoda aylaning, homila tarbiyasi to`g`risidagi kitoblarni birgalikda o`qing. Ayrim erkaklar katta qorindan qo`rqib, sizga yaqinlashmay qo`yadi-da, bola tug`ilgandan keyin eru ko`kka ishonmay erkalaydi. Boshqa bir toifa erkaklar esa qorinda yotgan bolasi bilan gaplashib erkalaydi-da, tugilganidan keyin e'tibor bermay qo`yadilar. Shuning uchun dugonalaringizning ogzidan bol tomib erini maqtashini eshitib, o`zingizning eringiz bilan solishtirib siqilmang, oilangizga do`st bo`ling. Besh barmog`ingiz ham barobar emas-ku, axir!

To Top ↑
To Top ↑