Keling, bir misolni ko`rib chiqaylik. Afsonaviy tarzda muvaffaqiyatga erishgan «Amazon.com»ning asoschisi Jeff Bezos bolalik yillaridagi muvaffaqiyati uchun «tabiiylikni rivojlantiruvchi» xislat sohibasi bo`lgan onasi Jakiga qarzdor. Onasi Jeffni dunyoga keltirganida 17 yoshda edi. Jeff va uning ukalari uni hayratda qoldirdilar:
«Men bu kichik xilqatlarning kimligi va ularning nima qilmoqchi ekanlariga juda qiziqardim. Ulardan har biri nimaga qiziqayotganiga (bu o`zgacha fazilat edi!) e'tibor qaratdim va ularning eng kuchli ishtiyoqi bizga yo`lboshlovchi bo`lishiga imkon yaratib berdim».
Misol uchun, Jeff 3 yoshdaligida «keng to`shak»da uxlashni xohlayotganini aytdi. «Hali mavridi emas, katta bo`lsang yotasan», dedi unga javoban onasi. Bir necha kundan keyin u bolalar xonasiga kirib, kichkintoy Jeffni bolg`a yordamida o`zi uxlaydigan belanchakni qismlarga ajratmoqchi bo`layotganida tutib oldi! Shunda onasi uni xafa qilmadi, aksincha, unga qarashib yubordi. O`sha tundan boshlab Jeff keng to`shakda uxladi!
Dunyoni zabt etadigan bolalar harakatni o`z xonalaridan boshlashadi! Bolakay Jeff o`rta maktabda o`qiyotgan chog`ida mexanik asboblarga o`ta qiziqardi. U xonasining eshigaga qo`ng`iroq o`rnatdi, ukalaridan biri uning xonasi oldidan o`tsa, u jiringlardi, Onasi o`sha kunlarni shunday eslaydi: «Qandaydir buyum kerak bo`lib qolgani uchun ba'zan kuniga to`rt martalab elektronika do`koniga borardik.... Bir marta u oshxona shkaflarining tutqichlarini ip bilan bog`lab kuydi. Bittasi ochilsa, hammasi birdan ochi- lardi».
Mushtipar ona Jaki o`g`li jahon darajasidagi «muammolarni hal qiluvchi» bo`lguniga qadar, uning muammolarni bartaraf etish borasidagi ana shunday mayda qadamlarini qo`llab-quvvatlagan. Jeff o`sha kunlarni shunday xotirlaydi: «Uydagi taxallusim «Betartiblik kapitani» edi! Chunki oilamdagilar hayotdagi narsalarni o`z holicha qabul qilishni ma'kul deb hisoblashardi». Muvaffaqiyatli tarbiya jarayonida nimani qo`llab-quvvatlash va nimani cheklash kerakligini bilish juda muhim qarordir.
«Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadilar» kitobidan