x

Agar ayriliq yoki ajrashishni boshdan kechirayotgan bo`lsangiz, bolalar o`zlarini notinch his qilishlari - odatiy hol. Siz farzandingizga haqiqatni aytish, uni tinchlantirish va kun tartibiga rioya qilish orqali yordam berishingiz mumkin. Bolalarni kichik qarorlar qabul qilishga jalb eting, ularni o`z his-tuyg`ulari haqida gapirishga undang va oilaviy dam olishga vaqt ajrating.

Bolalarning ayriliq va ajralishga moslashishi

Ayriliq va ajralish odatda oilaviy hayotdagi katta o`zgarishlarni anglatadi. Bu o`zgarishlar ro`y berganda bolangiz qattiq xafa bo`lishi mumkin. Farzandingizning xafa bo`lishi - me'yordagi holat. U bu hissiyotlar sababli bunday vaziyat hamma uchun ham og`ir damlar ekanini tushunadi.

Farzandingiz bilan suhbatlashish - oiladagi o`zgarishlarga moslashishga yordam beradigan eng yaxshi usullaridan biri. Odatiy kun tartibiga rioya qilishda davom etish kabi amaliy yondashuvlar bilan ham yordam berishingiz mumkin.

Farzandingiz bilan ayriliq va ajralish haqida suhbatlashish

Farzandingiz bilan ajralish va alohida yashashga olib kelgan o`zgarishlar haqida qanday gaplashish to`g`risida ba'zi maslahatlar.
Oddiy va tabiiy bo`ling

Farzandingiz barcha tafsilotlarni bilishi shart emas. Ammo u nimalar bo`layotganini bilishga haqlidir. U oxir-oqibat hammasi yaxshi bo`lishini ham anglashi kerak.

Eng muhimi, haqiqatni farzandingizga tushunarli bo`lgan, aniq va sodda tilda ayting. Masalan: "Ikkimiz ham seni juda yaxshi ko`ramiz va senga g`amxo`rlik qilamiz. Lekin biz shunday qarorga keldik, otang va men alohida yashasak, bu oilamiz uchun yaxshi bo`ladi".

Qiyin savollarga javob berishda shoshilmang. Farzandingiz sizga qiyin savol bersa, masalan: "Men endi qayerda yashayman?" deb so`rasa, "Sen bu haqda biror narsa eshitdingmi?" deb savol bering. Bu bolangiz nimani bilishini yoki nimani tushunmaganini aniqlashga yordam beradi.

Ba'zida qiyin savolga qanday javob berishni bilmay qolasiz, shuning uchun o`ylab olishingiz kerak. Agar darhol javob bera olmasangiz, bolangizga keyin telefon qilishingizni yoki kechroq gaplashishingizni ayting. Masalan, bunday deyishingiz mumkin: "Hozir bu savolning javobini bilmayman. Otang va men hali ham bu savolni muhokama qilyapmiz. Lekin aniq bilaman, sen ikkovimiz bilan ham birga vaqt o`tkaza olasan".

Farzandingiz sizga sobiq turmush o`rtog`ingiz haqida savollar bersa, unga sobiq turmush o`rtog`ingizning o`zi bilan gaplashishni maslahat bering. Agar sobiq turmush o`rtog`ingiz bilan munosabatlaringiz yaxshi bo`lsa, unga farzandingizning savollari haqida aytishingiz mumkin.

Mohiyatni his qiling

Farzandingizning savollari muayyan muammolarga asoslanishi mumkin. Masalan, farzandingiz onasi qachon qaytib kelishini so`rasa, demak, u onasini qachon ko`rishini bilmoqchi, shu sababli tashvishlanyapti. Farzandingizdan uni nima tashvishga solayotganini so`rang va oddiy va tushunarli so`zlar bilan tinchlantiring. Masalan, "Havotir olma, sen oldingidek har hafta onang bilan ko`rishasan. Tushunaman, bu sen uchun juda muhim".

Farzandingiz qanday savol berishidan qat'i nazar, siz va sobiq turmush o`rtog`ingiz uni yaxshi ko`rishingizga ishonch hosil qilishi kerak.

To Top ↑
To Top ↑