Siz yosh chaqaloqni "buzolmaysiz". Agar yangi tug`ilgan chaqalog`ingiz yig`layotgan bo`lsa, sizning yordamingizga muhtoj. Agar xotirjam va izchil javob bersangiz, bu kichkintoyga dunyo xavfsiz va unda nimalar bo`lishini oldindan anglash mumkin bo`lgan joy ekanini bilib olishda yordam beradi.
Siz bolaning xulqini buzishingiz mumkinmi?
Bu savolga javob - "Yo`q!"
Kichkintoylarga juda ko`p e'tibor kerak, sizni tashvishlantiradigan yoki boshqalar sizga aytadigan doimiy gap bor: agar bolaga tez-tez "yon bossangiz" yoki haddan ortiq e'tibor berib yuborsangiz, bu uni "buzadi".
Lekin bunday bo`lmaydi. Siz chaqaloqning ehtiyojlariga javob berish orqali yomon odatlarni yaratmaysiz.
Juda jajji chaqaloqlar o`zini o`ylamaydi: "Men xohlagan narsamni olgunimcha yig`layman!"
Agar kichkintoy yig`lasa yoki behalovat bo`lsa, yaxshi sabab bor: u sovuqsiragan yoki och, tagligi iflos yo biror eri og`riyotgandir. Balki, u faqat yaqin odamingizni bilishni xohlayapti.
Nima uchun chaqalog`ingizga javob qaytarish muhim?
Chaqalog`ingizga o`sishi va rivojlanishi uchun kerakli narsalarni berish sizga to`liq bog`liq.
Bu chaqaloq va siz uchun yaxshi.
Hayotda erta izchil va tarbiyalangan munosabatlarga ega chaqaloqlar o`z parvarishlovchilariga xavfsiz ulanishni tezda rivojlantiradilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar stressni yaxshiroq engishadi... Ular, shuningdek, boshqa bolalar bilan birga bo`lishga moyil. Ularda kattalar kabi jismoniy va hissiy jihatdan sog`lom bo`lish ehtimoli ko`proq.
Kichkintoyga javob berish siz uchun ham foydali, chunki bu o`zingizni ota-ona sifatida yaxshi ish qilayotganday his etishingizga yordam beradi. Kichkintoyingizni yig`lab tinglash va javob bermaslik qiyin!
Jarayon va moslashuvchanlikni muvozanatlash
Yangi tug`ilgan chaqalog`im bezovtalanganda uni quchog`imga olsam, uxlashni istamay qoladi, deb tashvishlanishingiz mumkin.
Ammo dastlabki oylarda eng muhimi – chaqaloqning ehtiyojlariga xotirjam va izchil javob berish orqali xavfsizlikni rivojlantirishga yordam berishdir.
Ko`pgina yangi tug`ilgan chaqaloqlarda kunduzgi va tungi uyqu rejimi yo`q. Bundan odatlar keyinroq shakllanishi mumkin.
Ammo barcha chaqaloqlar, oila va madaniyatlar turlicha. Ba'zi ota-onalar ovqatlanish, o`yin va uyquning oddiy, moslashuvchan tartibi chaqaloqlarga yordam beradi, o`zimizga esa nazorat hissini tortiq qiladi deb o`ylaydi. Boshqalar esa bunday tartib ayniqsa dastlabki bir necha oy ichida kun tartibiga emas, moslashuvchanlikka yordam beradi deb hisoblaydi.
6-12 oyligida chaqaloq o`z xatti-harakatlarini nazorat qila boshlaydi. Bu kelajakda bolaga ijobiy xulq-atvorni o`rgatish asosini shakllantirishda yumshoq chegaralarni belgilay boshlash uchun yaxshi vaqt.
Bola uyqusi: nima kutish kerak?
Agar juda ko`p e'tibor berib, chaqalog`ingizni "buzish"dan qo`rqsangiz ayniqsa, u injiq bo`lsa - yangi tug`ilgan chaqaloq uyqusidan nimani kutish kerakligini bilib olishingiz foydalidir.
Garchi yangi tug`ilgan chaqaloqlar o`rtacha har 24 soatdan 16 soatini uyqu bilan o`tkazsa-da, kichkintoyingiz bu me'yorni qisqa davom etadigan uyqular bilan bajarishi mumkin. Birinchi bir necha hafta mobaynida, siz va chaqalog`ingiz bir-biringizni bilib olayotganda chaqalog`ingizni uzoqroq vaqt davomida uxlatishga asta-sekin yordam beradigan usullarini bilib olishingiz mumkin. Misol uchun, siz chaqaloqni beshikka belashdan yoki karavotiga yotqizishdan oldin oldin yo`rgaklashingiz, sokin musiqa qo`yishingiz, uyg`onish vaqtida ozroq shovqin ko`tarib olishiga imkon berishingiz mumkin. Shunday qilib, siz chaqalog`ingizni hammadan ko`ra yaxshiroq bilib olasiz.
Chaqaloq ovqatlari: nima kutish kerak?
Agar yangi tug`ilgan chaqaloq har doim ovqatlanish uchun yig`layotganini his qilsangiz, ehtimol, siz haqsiz! Dastlabki kunlarda chaqaloqlar har 2-4 soatda ovqatlanishi kerak. Kichkintoyingizga nima kerak bo`lsa berish va unga javob qaytarish o`ta muhim nuqtadir.Bir narsani bilish muhim: ko`pchilik chaqaloqlar dastlabki bir necha hafta ichida talabga ko`ra ovqatlanish modelini ishlab chiqadilar. Asta-sekin, o`z-o`zidan ular ovqatning ko`p qismini kunduzi va kamrog`ini kechasi qabul qilishni o`rganadilar.
Sokin va xursand ovqatlanish vaqti chaqaloq bilan bog`lanish va uning rivojlanishi uchun juda muhim bo`lgan iliq hamda ishonchli munosabatlarni qurish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Shunday qilib, agar do`st yoki qarindoshlaringiz sizga bu kichkina odamchani "talon-toroj qilmaslikni" aytsa, ota-onangizga ishoning (va kerakli yordamni oling!) O`ylang: "Men jajjiginamga xavfsiz va baxtli bo`lishi, yaxshi rivojlanishi uchun kerakli narsalarni beraman. U katta bo`lganida boshqa narsalar haqida tashvishlansam ham bo`laveradi!"