E'tiborsizlik ota-ona yoki vasiy bolaning ehtiyojlarini bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishiga sezilarli ta'sir qiladigan darajada qondira olmasligi. E'tiborsizlik har doim qasddan qilingan hisoblanmaydi, uning chegarasi har doim ham aniq emas.
E'tiborsizlikni tasdiqlash uchun ayrim holatlar bir necha marta kuzatilishi kerak. E'tiborsizlik jismoniy, ruhiy, tibbiy va ta'limga bog`liq turlarga bo`linadi.
E'tiborsizlikni ko`rsatadigan belgilar:
• Bola doimo iflos yuradi va undan atrofga yoqimsiz hid tarqaladi.
Bolaga doimo noto`g`ri (mavsumga va o`lchami mos bo`lmagan) kiyim yoki poyabzal kiydiriladi.
• Bola parvarish qilinmasligi holatlarining, uning shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik holatlarining (masalan, qo`tir yoki bitlar) mavjudligi.
Kariyesga uchragan (chirigan) tishlarning mavjudligi, semirib ketish, to`yib ovqatlanmaslik.
• Bola o`sish va rivojlanishdan orqada qolgan, chunki u etarli ovqatlanishdan mahrum.
• Ota-onalar yoki vasiylar shifokorga olib borish imkoniyatiga ega, ammo bolani shifokor qabuliga olib borishmaydi.
• Ota-onalar yoki vasiylar emlash, rivojlanishni nazorat qilish va shunga o`xshash bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni inkor etadilar.
Bolaning yoshi va xususiyatlarini hisobga olib etarli nazoratni ta'minlamaslik.
Bolaga unga qodir bo`lmagan (sog`lig`i, moddiy yoki boshqa sabablarga ko`ra) kishi g`amxo`rlik qiladi.
• Bola tanasida hayvon tishlagan izlarning mavjudligi bu bolaning hayvon bilan muloqot qilishda qarovsiz qoldirilganini ko`rsatishi mumkin.
• Yetarlicha nazorat qilinmaslik natijasida yuzaga kelgan jarohatlar (kuyish, xavfli moddalarni iste'mol qilish).
• Ota-ona yoki vasiylar tibbiy yordamga murojaat qilmaydi, bolada esa kasallik yoki og`riq belgilari mavjud.
• Bola o`sayotgan muhit bolaning sog`lig`iga xavf soladigan sharoitdan iborat (namlik, devorlardagi zamburug`, uyning sovuqligi, elektr energiyasi, suvning yo`qligi, yong`in xavfi mavjud).
• Yashash muhiti bolaning rivojlanish darajasiga mos emas.
• Maktabda o`qishda yordam va qo`llab-quvvatlashning etishmasligi.
• Maktabga sababsiz qatnamaslik.
• G`amxo`rlik, e'tibor va mehr-muhabbatning etarli emasligi.