x

Ko`rlik bolaning ko`plab rivojlanish sohalariga ta'sir qilishi mumkin, masalan:

muloqot boshqalar bilan o`ynash va muloqot qilish gaplashish - masalan, bola jismlarga ishora qilmasligi mumkin, shuning uchun atrofdagilar bu jismlarning nomini aytmaydi 

⚫ o`tirish va yurish ko`nikmalari rivojlanishining kechikishi o`qish, yozish va jismlar bilan o`ynash ko`nikmalari rivojlanishining kechikishi.

Erta yoshdagi ko`zi ojiz bolalarni davolash - terapevtik aralashuvlar

Ko`rishning buzilishlari qanchalik erta aniqlansa va mutaxassislar bilan zarur chora-tadbirlar ko`rilsa, bola zarur rivojlanish va muloqot ko`nikmalarini shunchalik tez o`zlashtiradi.

O`zingizga va oilangizga g`amxo`rlik qilish

Farzandingizga g`amxo`rlik qilish oson bo`lsa-da, o`z farovonligingizni ham unutmang. Jismoniy va aqliy jihatdan sog`lom bo`lsangizgina, farzandingizga yaxshiroq g`amxo`rlik qilishingiz mumkin.

Boshqa ota-onalar bilan suhbatlashish qo`llab-quvvatlashning ajoyib usuli bo`la oladi. Shu kabi holatlarda boshqa bolalarning ota-onalari bilan til topishishingiz tavsiya etiladi. Buning uchun yuzma-yuz yoki onlayn qo`llab-quvvatlash guruhiga qo`shilish orqali bog`lanishingiz mumkin.

Boshqa farzandlaringiz, imkoniyati cheklangan farzandingizning aka-ukalari bor bo`lsa, ular ham siz uchun juda muhim ekanini, ular haqida qayg`urishingizni va boshidan o`tkazayotgan voqealarga befarq emasligingizni his qilib turishlari kerak. Ular bilan suhbatlashish, birga bo`lish va ular uchun ham rag`batlantiruvchi so`zlarni topish muhimdir.

To Top ↑
To Top ↑